O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston “Yashil haftalik - 2019” koʻrgazmasida ishtirok etmoqda

2019-01-21 | Iqtisodiyot

Germaniya poytaxti Berlin shahrida boshlangan 84-xalqaro “Yashil haftalik – 2019” koʻrgazmasida Oʻzbekiston stendi namoyish etilmoqda.

Koʻrgazmada dunyoning 70 mamlakatidan 1 ming 600 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Mamlakatimiz stendi Oʻzbekiston Tashqi savdo vazirligi va “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Unda yurtimizning iqtisodiy va eksport salohiyatiga keng oʻrin berilgan.

Oʻzbekiston pavilonida tabiiy va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, ziravorlar, sharob mahsulotlari, hunarmandlik buyumlari, shuningdek, milliy taomlar va yurtimiz sayyohlik salohiyati namoyish etilmoqda.

Koʻrgazma joriy yilning 27-yanvarigacha davom etadi.

 

Abu Bakr Oʻrozov, Yolqin Shamsiddinov (surat), OʻzA Germaniya

Поделиться