O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga joʻnab ketdi
2019-01-21 | Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Federal kansler Angela Merkelning taklifiga binoan 2019-yil 20-yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya Federativ Respublikasiga joʻnab ketdi.
Davlatimiz rahbarining hamma saʼy-harakatlari, barcha safarlaridan maqsad bitta – xalqimiz manfaatini taʼminlash. Iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik jihatdan ulkan imkoniyatlarga ega Germaniya bilan hamkorlikdan ham katta maqsadlar koʻzlangan.
Uchrashuv va muzokarlar natijasida iqtisodiyot, moliya, investitsiya, innovatsiya, ilm-fan, texnika, taʼlim va madaniyat sohalarida muhim hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.