O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzbekistondagi muxtor elchisi “Manas” qishloq fuqarolar yigʻiniga bordi
2019-01-18 | Siyosat
Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzbekistondagi muxtor elchisi Ibragim Djusunov Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Elchining tashrifidan maqsad Doʻstlik tumanidagi “Manas” qishloq fuqarolar yigʻinida olib borilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish boʻldi.
Mehmonlar dastlab viloyat hokimligida viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Gʻ.Mamatqulov va viloyat hokimligining investitsiya kotibiyati xodimi K.Muxiddinovlar bilan uchrashuv oʻtkazishdi.
Shundan soʻng, mehmonlar Doʻstlik tumanidagi “Manas” qishloq fuqarolar yigʻinidagi 5-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib, u yerdagi oʻquv jarayon bilan tanishdi.
Shuningdek, “Manas” qishloq fuqarolar yigʻini hududidagi maktabgacha taʼlim muassasasi faoliyati, qishloq oilaviy poliklinikasi, madaniyat va aholi dam olish markazida boʻlishib, qishloq fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosiga tashrif buyurishib, binodagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Ayniqsa, hudud profilaktika inspektori xonasida oʻrnatilgan hududni kechayu-kunduz onlayn kuzatuv monitori joriy etilgani mehmonlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Qirgʻiziston Respublikasining Oʻzbekistondagi muxtor elchisi Ibragim Djusunov “Manas” qishloq fuqarolar yigʻinidagi yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholab, poytaxtga qaytib ketdi.