O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Soliq organlari xodimlari talabalik davridan tanlab olinadi

2019-01-18 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻrtasida soliq tizimiga kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumga koʻra 2019-yil 17-yanvar kuni Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Boʻlajak soliqchilar klubi”ga aʼzo boʻlish istagini bildirgan universitet talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida Davlat soliq qoʻmitasi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmalarining Kadrlar bilan ishlash boʻlimlari hamda Malaka oshirish markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda talabalarga “Boʻlajak soliqchilar klubi” faoliyatini tashkil etish, talabalarni aʼzolikka qabul qilish tartibi hamda klub aʼzolarining vazifalari, amalga oshiradigan ishlari, huquq va majburiyatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir soʻngida klub ishchi organi vakillari davlat soliq xizmati organlarining masʼul xodimlarini jalb qilgan holda klubga aʼzo boʻlish istagini bildirgan va universitet rahbariyati tomonidan tavsiya etilgan talabalar bilan suhbat oʻtkazishi va suhbat davomida talabalarning soliq sohasidagi bilim darajasi, dunyoqarashi baholanishi, oliy taʼlim muassasasi tomonidan berilgan tavsifnoma asosida talaba oʻrganilib, keyinchalik davlat soliq xizmati organlariga ishga qabul qilish masalasi koʻrib chiqilishiga kelishib olindi.

Поделиться