O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat sohasiga investitsion loyihalar joriy etiladi

2019-01-18 | Madaniyat

Joriy yilning 17-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida vazir Baxtiyor Sayfullayev raisligida madaniyat va sanʼat sohasiga investitsiyalarni jalb etish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda har bir viloyat madaniyat boshqarmalari rahbarlariga invest loyihalarni 2019-yilda amalga oshirishi lozimligi taʼkidlandi.

Har bir hudud rahbari, shu kunga qadar qanday investitsiyalar jalb qilinayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Taqdim etilgan maʼlumotlar tahlil qilinib, har bir yoʻnalishga oid investitsiya dastur loyihalari qayta koʻrib chiqildi.

Viloyat madaniyat boshqarmalari innovatsion ishlash mexanizmini ham yaratilayotganidan hayratda chunki, shu kunga qadar madaniyat va sanʼat sohasida investitsiya borasida koʻnikmalar mavjud emas edi.

Har bir soha rivojlanib borayotgan bir davrda, madaniyat vakillari ham investitsiyalarni sohaga joriy etish kabi masalalarni hal etmoqda.

Поделиться