O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fargʻonada sitrus mevalar plantatsiyasi yaratiladimi?

2019-01-17 | Iqtisodiyot

Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Amani Eletr xonim Fargʻona viloyatida boʻlib, hududning investitsiya va turizm salohiyati bilan tanishdi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonning jahondagi koʻplab mamlakatlar, jumladan, yetakchi davlatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar bilan aloqalari sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, Misr bilan ham oʻzaro aloqalar barqaror ravishda, doʻstona ruhda koʻplab sohalarda kengayib bormoqda.

Fargʻona zaminidan yetishib chiqqan buyuk alloma Ahmad al-Fargʻoniy Misrda Qohira shahrining markazidan oʻtgan Nil daryosi oʻzanida joylashgan Roda orolida suvning hajmi va tezligini oʻlchaydigan inshoot – nilomerni yaratdi. Eʼtiborlisi, bu inshootdan hozirgacha foydalanib kelinmoqda. Oʻzining buyuk asarlari bilan insoniyat tarixida oʻchmas iz qoldirgan mutafakkir bobomizning Misr rivojiga qoʻshgan ushbu xizmati doimo qadrlanadi. Shu sababdan Qohira shahrining markazida buyuk bobokalonimizning haykali oʻrnatilgan. Azaliy doʻstlik aloqalari bugun yangi bosqichga chiqmoqda.

Elchini Fargʻona viloyati hokimi Sh. Gʻaniyev qabul qildi. Muloqot davomida viloyatda savdo-iqtisodiy, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amalga oshirilgan loyihalar va ularning samaralari, ushbu yoʻnalishlardagi hamkorlik istiqbollari haqida soʻz yuritildi. Viloyatning investitsiya va turizm sohasidagi salohiyati haqida maʼlumot berildi. Suhbat chogʻida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

– Fargʻona Oʻzbekistonning eng goʻzal va soʻlim viloyatlaridan biridir, – deydi Misr Arab Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Amani Eletr xonim. – Biz, Fargʻona viloyati bilan turizm, yoshlar, sport, investitsiya, qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, sitrus mevalar plantatsiyasi yaratish, mehmonxonalar qurish, taʼlim va ilmiy sohalarda hamkorlik qilish tadbirlarini olib bormoqdamiz.

Amani Eletr xonim boshchiligida delegatsiya aʼzolari viloyatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.

 

M. Sulaymonova, OʻzA

Поделиться