O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻqish-seminari tashkil etildi
2019-01-17 | Jamiyat
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari, viloyat hokimining Qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirokidagi 2019 yil 7-13 yanvar kunlari oʻquv mashgʻulotlari 4 ta hudud boʻyicha tashkil etildi.
Oʻquv mashgʻulotlarida jami viloyat hokimining oʻrinbosarlari hamda 155 nafar tuman hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida tashkil etildi. Oʻquv mashgʻulotlarida Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari viloyat hokimining Qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari 3 nafar hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha 41 nafar oʻrinbosarlari ishtirok etib, oʻz tumanlari misolida “Yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, himoya qilishdi. Oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etgan tinglovchlarga Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Vaxabov tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetida tashkil etildi. Oʻquv mashgʻulotlarida Toshkent Jizzax va Sirdaryo viloyatlari viloyat hokimining Qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari 3 nafar hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha 33 nafar oʻrinbosarlari ishtirok etib, oʻz tumanlari misolida “Yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, himoya qilishdi. Oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etgan tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari R.Raxmatov tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari - Samarqand veterinariya meditsinasi institutida tashkil etildi. Oʻquv mashgʻulotlarida Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo va Navoiy viloyatlari viloyat hokimining Qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari 3 nafar hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha 47 nafaroʻrinbosarlari ishtirok etib, oʻz tumanlari misolida “Yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, himoya qilishdi. Oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etgan tinglovchilarga Qishloq xoʻjaligi vaziri B.Yusupov tomonidan sertifikatlar topshirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari - Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialida tashkil etildi. Oʻquv mashgʻulotlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi oʻrinbosari hamda Buxoro va Xorazm viloyatlari Qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari jami 3 nafar hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha 35 nafar oʻrinbosarlari ishtirok etib, oʻz tumanlari misolida “Yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, himoya qilishdi. Tinglovchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi U.Xalilov tomonidan sertifikatlar topshirildi.