O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oson xizmat” vakillari Xalq qabulxonasida boʻldi

2019-01-17 | Jamiyat

Mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Ozarbayjon Respublikasi “Oson xizmat” fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar agentligi rahbari Azad Jafarli boshchiligidagi delegatsiya 16-yanvar kuni Samarqandga keldi.

Mehmonlar dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tuzilma fuqarolarning murojaat va takliflari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, joylarda yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, aholining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga murojaat qilish huquqini kafolatlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Azad Jafarli Xalq qabulxonalarida aholi uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgani, davlat boshqaruvi organlari, huquq-tartibot idoralari va boshqa tashkilotlar shu yerda sayyor qabullar oʻtkazishini oʻrgansa arzigulik tajriba deb baholadi. Xalq qabulxonalarining tuman va shaharlarda ham tashkil etilgani esa aholi uchun juda katta qulaylik ekanligini taʼkidladi. Ozarbayjonlik mehmonlar Samarqandning muqaddas qadamjo va tarixiy obidalarini ham ziyorat qildi.

Поделиться