O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Zamon va makon uzra avangard
2019-01-17 | Madaniyat
Joriy yilning 18-yanvardan - 18-fevralga qadar Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi toʻplamidan saralangan asarlardan iborat “Zamon va makon uzra avangard” nomli koʻrgazma boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston Tasviriy sanʼat galereyasi zallarida namoyish etiladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi toʻplamidan saralab olingan va koʻrgazmada namoyish etiladigan har bir asar bu afsona, bu aniq tarixiy davrning madaniy ifodasidir. Koʻrgazmada rus va oʻzbek avangardini aks ettiruvchi 126 ta asar namoyish etiladi, bu XX asr sanʼatining hali toʻliq oʻrganilmagan fenomenlaridandir.
Koʻrgazmaning ochilish marosimi 18-yanvar soat 17:00da boʻlib oʻtadi.