O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtidorli yosh olimlar Prezident stipendiyasini oladi

2019-01-16 | Fan

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bergan maʼlumotga koʻra, 2019-yil uchun tayanch doktorantlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi gʻoliblari aniqlandi.

Ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi “Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Tayanch doktorantlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq saralandi.

“Qishloq va suv xoʻjaligi yoʻnalishi“da Prezident stipendiyasiga Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti tayanch doktoranti Mamanbek Reymov “Geoaxborot texnologiyalari bazasida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini yaratish uchun Orolboʻyi ekotizimini tadqiq qilish” mavzusidagi ilmiy izlanishlari uchun loyiq koʻrildi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti tayanch doktoranti Akmaljon Boboyev “Kraxmal inulin saqlovchi xomashyolarni kompleks qayta ishlab, etanol biosintezini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishi uchun “Energetika, resurslar, sanoat yoʻnalishi”da gʻolib boʻldi.

“Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv” yoʻnalishida Jasurbek Karimov “Dizyunkt toʻla banax modullarining tasnifi” mavzusidagi ilmiy ishi uchun Prezident stipendiyasi sohibi boʻldi. U V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining tayanch doktoranti hisoblanadi.

Поделиться