O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqandda ilk bor toʻxtatilgan yurakda jarrohlik amaliyoti bajarildi

2019-01-16 | Sog‘liqni saqlash

Mamlakatimizda keyingi yillarda tibbiyot sohasiga qaratilgan alohida eʼtibor natijasida 2018-yil aprel oyida viloyat bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida bolalar kardioxirurgiyasi boʻlimi tashkil etilgan edi.

Boʻlimni tajribali, malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Moskvadagi A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazida faoliyat koʻrsatayotgan uch nafar yurtdoshimiz ishga taklif etildi hamda uch nafar viloyatimizda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar xorijda malaka oshirib kelishdi. Natijada oʻtgan yil ushbu mutaxassislar tomonidan viloyatimiz boʻyicha tugʻma yurak nuqsoni bor bemorlar roʻyxatga olinib, ularning 82 nafarida yurakda yopiq kardiojarrohlik operatsiyalari oʻtkazildi.

Boʻlimning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va bu yerda murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarish uchun zamonaviy sharoit, imkoniyatlar yaratish maqsadida sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat hokimligi tomonidan 8 turdagi tibbiy asbob-uskunalar va 1 milliard 900 million soʻm mablagʻ evaziga sunʼiy qon aylantirish apparati olib kelib oʻrnatildi.

Mazkur yangi uskuna yordamida yurakni toʻxtatgan holda murakkab jarrohlik amaliyotlari A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir xirurgiyasi ilmiy markazida ishlab tajriba orttirgan va ayni paytda viloyatimizda faoliyat koʻrsatayotgan tibbiyot fanlari nomzodlari Maqsud Saidov va Ikrom Mallayev rahbarligida amalga oshirildi.

Boʻlmachalararo toʻsiq nuqsoni va qorinchalararo toʻsiq nuqsoni boʻlgan ikki turdagi yurak porogi operatsiyasi muvaffaqiyatli oʻtdi.

Yaqin kunlarda boʻlimda yana oʻn nafar bemor bolalarda ushbu noyob jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Поделиться