O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fargʻonada bojxonachilar xorijiy investorlarga yaqindan koʻmak berishmoqda

2019-01-16 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, bugungi kunda bojxona organlari tomonidan respublikamizda xorijiy investorlarning faoliyat olib borishlarida yaratilgan imtiyozlar toʻgʻrisida zarur tushuntirishlar berib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 14-yanvar kuni Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasida Koreya va Xitoy davlatlarining investorlari bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Davra suhbatida Koreya davlatining “Gnt Global N Technology” kompaniyasi vakillari Kim Jun Sik, Ju Yong Chul, Bi Von Ji hamda Xitoy davlatining “Suzhou Hengxing Import Export Trade CO. LTD” kompaniyasi direktor menejeri Maykl Li oʻzlarining yangi innovatsion texnologiyalarini namoyish etdi.

Shuningdek, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan yangi loyiha – qandli diabetni tez fursatda aniqlab beruvchi apparat va tuzli suvda ishlovchi yoritish uskunalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga bojxona toʻlovlaridan berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar, bojxona toʻlovlari toʻgʻrisida investorlarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, investorlarga loyihalarni amalga oshirishda bojxona organlari tomonidan doimiy amaliy yordam koʻrsatilishi alohida taʼkidlab oʻtildi.

Поделиться