O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qishloq qurilish bank” va KfW IPEX-Bank oʻrtasida 50 million yevro miqdorida shartnoma imzolandi

2019-01-16 | Iqtisodiyot

2019-yil 14-yanvar kuni Berlinda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Germaniya biznes forumi doirasida “Qishloq qurilish bank” va KfW IPEX-Bank (Germaniya) oʻrtasida 50 mln. yevro miqdorida shartnoma imzolandi.

Imzolangan bitim KfW IPEX-Bank bilan “Qishloq qurilish bank“ oʻrtasida yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun minimal summasi 3 mln. yevro va 10 yilgacha muddatga moʻljallangan uzoq muddatli kredit liniyasini taqdim etishda yangi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni nazarda tutadi.

Shartnoma doirasida Germaniya, Yevropa ittifoqi va boshqa davlatlardan zamonaviy uskunalarni sotib olish va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadlariga sarmoyalar yoʻnaltirish koʻzda tutilmoqda. Bu esa kichik biznes korxonalari salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirishga va yangi ish oʻrinlariga zamin yaratadi.

Oʻzbekiston va Germaniya moliya muassasalarining oʻzaro hamkorligi davlatlarimiz oʻrtasida shiddat bilan rivojlanayotgan iqtisodiy hamkorlik munosabatlari rivojiga xizmat qiladi.

KfW IPEX-Bank KfW guruhining bank birligi boʻlib, u 2008 yilda guruh aʼzosi sifatida tashkil etilgan. KfW IPEX-Banking asosiy vazifasi - loyiha va eksportni moliyalashtirish sohalarida Germaniya va Yevropadagi kompaniyalarning iqtisodiyoti va faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Bank aktivlari 30,1 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.

Поделиться