O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda yangi oilaviy mehmon uylari
2019-01-15 | Turizm
2019-yil 14-yanvar kunidan Samarqand shahrida I.Buxoriy va Buxoro koʻchalarida SHERHAN HOUSE va HOSTEL LIKE oilaviy mehmon uylari oʻz faoliyatini boshladilar. Ushbu oilaviy mehmon uylarida sayyohlarga sifatli xizmat turlarini taqdim etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Maʼlumot oʻrnida joriy yilning 14-yanvar holatiga koʻra, Samarqand viloyatida umumiy hisobda 204 oʻrinli 23 ta oilaviy mehmon uylari oʻz faoliyatini olib bormoqda va 2019-yilning birinchi choragida yana 15 ta yangi 135 ta oʻringa moʻljallangan oilaviy mehmon uylari faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.