O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kuzatuv kengashlari nizomi tasdiqlandi

2019-01-15 | Jamiyat

Xalq taʼlimi vazirining 2018 yil 26 dekabrdagi “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 16-mh-sonli buyrugʻi tasdiqlandi (Adliya vazirligi tomonidan 3118-raqam bilan roʻyxatga olingan). Nizomda umumiy oʻrta taʼlim muassasasining Kuzatuv kengashi faoliyati, uning maqsad va vazifalari hamda vakolatlari belgilab berildi.

Taʼkidlash joizki, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida kuzatuv kengashlarini tuzishdan asosiy maqsad, taʼlim jarayonining shaffofligini taʼminlash, jamoatchilik taʼsirini kuchaytirish, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari, shu bilan birga ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlashdan iborat. Shuningdek, maktablarga munosib rahbarni saylash, muassasani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash hamda vaqti-vaqti bilan muassasa rahbariyatining mablagʻlardan foydalanish holati yuzasidan hisobotlarini tinglash ham Kuzatuv kengashining asosiy vazifalari sifatida belgilandi.

Kengash aʼzolari soni cheklanmagani holda, yetti kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Kengash tarkibiga oʻquvchilarning ota-onalari orasidan kamida ikki nafar, sobiq bitiruvchilar orasidan ikki nafar va nafaqadagi sobiq pedagoglar hamda homiylar orasidan ikki nafar aʼzo kiritiladi.

Поделиться