O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryoda tomchilatib sugʻorish tizimi qismlarini ishlab chiqaruvchi yangi korxona tashkil etiladi
2019-01-14 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish tizimini keng joriy qilish uchun qulay sharoit yaratish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish tizimini keng joriy qilish uchun qulay sharoit yaratish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Prezident qaroriga koʻra, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, qishloq xoʻjaligi ekinlarining, ayniqsa gʻoʻza hosildorligini oshirish, shu asosda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida:
Quyidagilar gʻoʻza yetishtirishda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilishni yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilanmoqda:
gʻoʻza yetishtirishda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish boʻyicha loyihani amalga oshiruvchi paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilariga davlat tomonidan koʻmak koʻrsatishning taʼsirli tizimini joriy qilish, tomchilatib sugʻorish tizimi va uning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilarini ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish;
mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, tomchilatib sugʻorish orqali gʻoʻza yetishtirish sohasida innovatsion gʻoyalar, ilmiy-tadqiqot ishlanmalari, zamonaviy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni keng joriy qilish;
respublika hududlarining tuproq-iqlim va boshqa sharoitlarini hisobga olgan holda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini qoʻllash uchun ilmiy-amaliy va uslubiy asoslarini shakllantirish;
tomchilatib sugʻorish texnologiyasidan foydalangan holda paxta yetishtirishda foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashina va mexanizmlari, shuningdek mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish boʻyicha mutaxassis kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.