O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Samarqand viloyatida xalq taʼlimi sohasini tubdan takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi

2019-01-14 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatiga tashrifidan soʻng, joriy yilning 12 yanvar kuni Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov ishtirokida Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rahbariyati, boʻlim boshliqlari, tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari bilan Prezidentimizning Samarqand viloyatida oʻtkazilgan yigʻilishdagi maʼruzasidan kelib chiqib viloyat va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari rahbarlarining vazifalari va shaxsiy masʼuliyatlari muhokama etildi.

Shuningdek, Xalq taʼlimi vaziri Sh.Shermatov tomonidan Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar, farmon va qarorlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash, qolaversa, xalq taʼlimi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, kam quvvatli maktablarni koeffitsiyenti yuqori boʻlgan maktablarga biriktirgan holda tarmoq maktablarini tashkil etish, taʼlim muassasalarida byudjetdan tashqari mablagʻ topish imkoniyatlarini kengaytirish, bu borada muvaffaqiyatlarga erishgan taʼlim muassasalari rahbarlarining ishlarini ommalashtirish, “Barkamol avlod” bolalar markazlarida zamonaviy toʻgaraklar ochish orqali ularda oʻquvchilar qamrovini oshirish kabi masalalar alohida taʼkidlab oʻtildi.

Yigʻilishda tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimi mudirlarining 2018-2019 oʻquv yili davomida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan taqdimotlari tinglandi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarilib, kelgusida taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish va oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeyini oshirish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Muhokama yakunlarida bir oy muddatda tanqidiy tahlil asosida Samarqand viloyatida xalq taʼlimi tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqib, Viloyat hokimiyati bilan birgalikda tasdiqlash va unda, jumladan quyidagi vazifalarni koʻzda tutish vazifasi belgilab berildi:

278 ta kam quvvatli maktablarni tarmoq maktablariga aylantirish hamda davlat-xususiy sherikchiligi orqali xususiy maktablar tarmogʻini rivojlantirish orqali samaradorligini oshirish;

442 ta 1,5 koeffitsiyentdan yuqori maktablarda, jumladan 193 ta paxsa va xom gʻishtli eski binolarda qayta oʻqishni boshlashga majbur boʻlgan maktablarda, tarmoq maktablari yaratish, qoʻshimcha oʻquvchi oʻrinlari uchun binolar qurish hamda boʻshayotgan kasb-hunar kollejlarini maktablarga aylantirish orqali oʻquvchilar uchun qulayliklar yaratish;

203 ta maktab filiallaridagi sharoitlarni bosqichma-bosqich yaxshilash va ularni sonini optimallashtirish yoki toʻlaqonli maktabga aylantirish;

282 ta suv taʼminotidagi muammolari bor, 661 ta atrofi toʻliq oʻralmagan, 731 ta oshxonasi yoʻq, 414 ta sport zali yoʻq, 480 ta isitish tizimidagi kamchiliklari mavjud hamda 644 ta tibbiy puktlari boʻlmagan maktablardagi sharoitlarni yaxshilash;

8650 nafar oʻrta-maxsus maʼlumotli oʻqituvchilarni bosqichma-bosqich oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan almashtirish, jumladan ularni maxsus sirtqi kurslarida oʻqitish orqali;

xususiy maktablarni kamida 2 barobarga oshirish maqsadida ularga aholi turar joylariga qulay boʻlgan, jumladan, Urgut, Payariq, Pastdargʻom, Tayloq, Jomboy, Oqdaryo va Samarqand tumani markazlarida yer maydonlarini ajratish choralarini koʻrish.

Поделиться