O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosarlari oʻzgardi
2019-01-14 | Jamiyat
Samarqand viloyat hokimi matbuot xizmati xabariga koʻra, viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Xudoyberdiyev Shunqor Farmonovich Past Dargʻom tumani hokimi etib tayinlangach, uning oʻrniga shu paytgacha Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari boʻlib ishlagan Oʻroqov Jamshid Rajabovich viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Xodjayev Oybek Erkinovich viloyat hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimda 2018 yil fevralidan buyon ishlab kelgan Boboyev Otabek Burxonovich oʻrnini egalladi.