O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nizom loyihasi qayta koʻrib chiqiladi

2019-01-09 | Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan soʻzsiz undirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasi keng jamoatchilik oʻrtasida keskin bahs-munozaralarga sabab boʻldi.

Hujjat loyihasida qarzdor jismoniy shaxslarning soliq qarzi bank plastik kartalaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda soʻzsiz undirib olinishi nazarda tutilgani eʼtirozlarni keltirib chiqardi.

Mazkur qaror loyihasi boʻyicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan eʼtiroz va takliflar oʻrganilganda, loyiha puxta tayyorlanmaganligi, Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyatining takliflari va tavsiyalari inobatga olinmasdan hamda kelishilmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilganligi aniqlandi.

Nizom loyihasini ishlab chiqish boʻyicha Davlat soliq qoʻmitasi rahbariyatining dastlabki muhokamasida jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida:

– oʻz majburiyatlarini bajarishlarida servis xizmatini koʻrsatish;

– davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurmasdan soliqlarni toʻlash imkoniyatini yaratish;

– ularning yozma roziligi (kelishuv) asosida plastik kartalaridan har oyda kelishilgan mablagʻlarni soliq toʻlashga yoʻnaltirish nazarda tutilishi belgilangan edi.

Ammo Nizom loyihasida yuqoridagi norma qayd etilmaganligi aniqlanib, loyiha ishlab chiqilishida yoʻl qoʻygan kamchiliklar va masʼuliyatsizligi uchun Davlat soliq qoʻmitasining masʼul boshqarma boshligʻi egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan koʻrib chiqilmoqda hamda unda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablagʻlarni undirish faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanadi.

Поделиться