O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi: oʻtgan yili 230 dan ortiq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqildi, bu 2017-yildagidan ikki baravar koʻp

2019-01-09 | Jamiyat

8-yanvar — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashkil etilgan kun (mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan soʻng — 1992-yil 8-yanvarida Adliya vazirligi qayta tashkil etilgan).

Adliya vazirligi tizimida ayni paytda 4 ta yangi boshqarma, 1 ta muassasa, 14 ta yuridik kollej, 200 ta tuman (shahar) adliya boʻlimi, Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Xalqaro standartlar boʻyicha yuridik kadrlarni kasb-hunarga oʻqitish markazi, Adliya vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashi tashkil etilgan.

Tuman (shahar) adliya boʻlimlari soni 200 ta, xodimlari soni — 619 nafar.

Taʼkidlash oʻrinliki, 2018-yil vazirlik faoliyatida ulkan burilishlar, oʻziga xos tarixiy yil boʻldi.

2018-yilning muhim voqealari

Adliya vazirligi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining “Ochiqlik indeksi”reytingida 2018-yili 59 ta davlat organi orasida 1-oʻrinni egalladi.

Vazirlik tomonidan bevosita 230 dan ortiq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqildi, bu 2017-yildagidan ikki baravar koʻp.

Xususan, Norma ijodkorligi konsepsiyasi, qonun osti hujjatlarini kamaytirish, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlar qabul qilindi; qonun hujjatlari loyihalarini davlat tilida taqdim qilish shartligi belgilandi.

Shuningdek, 2018-yilda:

– notariat, advokatura va FHDYO organlari faoliyati takomillashtirildi;

– davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasi takomillashtirildi;

– nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatiga davlat organlarining aralashuvi kamaytirildi;

– mahallalardan maʼlumotnomalar soʻrashga chek qoʻyildi;

– qurilgan uy-joyni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi hokim qarorini chiqarishga boʻlgan talab bekor qilindi, markazlar orqali 10 kunda qabul qilish tartibi oʻrnatildi (ilgari 6 oydan 8 oygacha choʻzilardi);

– koʻchmas mulkning olib qoʻyilishi sababli mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini toʻliq qoplanmasdan buzish qatʼiy taqiqlandi.

1 850 ta qonun hujjatlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Huquqiy targʻibot sohasida

127 000 dan ortiq targʻibot tadbirlari (2017-yil 63 ming), xususan 102 000 ta uchrashuvlar oʻtkazildi. Oʻtgan yilga nisbatan ikki baravarga oshdi.

38 mingdan ortiq uyma-uy yurib, aholi bilan bevosita suhbatlar qilindi, ularga huquqiy maslahatlar berildi.

Tuman adliya boʻlimlari tomonidan qishloq joylarda, markazdan olis hududlarda 52 mingdan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Fuqarolar minimal darajada bilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan huquqiy qoʻllanma tayyorlandi. Qoʻllanmada fuqarolik, mulk, yer, uy-joy, mehnat, taʼlim, soliq va oila qonunchiligiga doir muhim tushunchalar ochib berilgan.

“Huquqiy axborot” telegram kanaliga asos solindi. Hozir kanalning 130 mingdan ortiq aʼzosi bor. Kanal ingliz tilida ham yuritilmoqda.

Jahon tajribalari oʻrganilib huquqiy testlar jamlangan (test.adliya.uz) sayt yaratildi. Saytda 1000 ga yaqin huquqiy testlar jamlangan.

100 dan ortiq xalq sayillari, aksiyalar va fleshmoblar oʻtkazildi. Shundan, noyabr oyida respublikaning barcha hududlarida “Huquqingni bil va talab qil” aksiyasioʻtkazildi.

10 ta nominatsiya boʻyicha turli tanlovlar oʻtkazildi. “Eng yaxshi huquq targʻibotchisi”tanlovi, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” nomli megatanlov, uning doirasida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovi oʻtkazildi.

Har haftada jurnalistlar va OAV xodimlari uchun “Adliya axboroti” brifingioʻtkazib kelinmoqda. Jurnalistlar uchun maxsus seminar-trening oʻtkazildi, ular uchun maxsus qoʻllanma ham tayyorlandi.

Korrupsiya, halollik, toʻgʻrilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida multiplikatsion hamda qisqa metrajli filmlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Adliya vazirligi 2019-yilni oʻz oldiga ulkan rejalar qoʻyish bilan boshladi.

Sohani tizimli rivojlantirishda:

· Adliya vazirligining 5 yillik strategiyasi ishlab chiqiladi;

· vazirliklarni ichida birinchilardan boʻlib toʻliq elektron hujjat aylanishga oʻtilmoqda — bunda vazirlikning quyi tizimida ijro intizomini nazorat qilishning vertikal tizimi oʻrnatiladi, faoliyatda qogʻozdan foydalanishdan butunlay voz kechiladi;

· adliya organlari va muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashishning idoraviy dasturi ishlab chiqiladi;

· adliya organlari faoliyatining “Biz xalq uchun ochiqmiz” shiori ostida “Open justice”(“Ochiq adliya”) dasturi doirasida tizimli chora-tadbirlar belgilanadi;

· “Advice.uz” portali ishga tushiriladi hamda “Street law” (Koʻcha huquqi — oddiy huquq) loyihasi amalga oshiriladi;

· “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi oʻtkaziladi;

· Xorijiy davlatlarda xodimlarning malakasini oshirish 2018-yilga nisbatan kamida 1,5 barobarga koʻpaytiriladi;

· adliya vaziri maslahatchisi sifatida tajribali chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi.

Norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash sohasida:

· Fuqarolik qonunchiligini rivojlantirish Konsepsiyasining loyihasi ishlab chiqiladi;

· “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi ishlab chiqiladi.

Huquqiy xizmat koʻrsatish sohasida:

Barcha 22 turdagi notarial harakat toʻliq elektron dastur orqali amalga oshiriladi. Shuningdek:

· fuqaro shaxsini aniqlash va notarial hujjatlarni tasdiqlash barmoq izlariniskaner qilish orqali amalga oshirish;

· davlat xizmatlari markazlari uchun yangi 90 ta bino qurish;

· davlat xizmatlari agentligining FHDYO arxividagi 20 mln. hujjatlarni raqamlashtirish, FHDYO sohasida “blokcheyn” texnologiyasini qoʻllash orqali axborot xavfsizligi va ularning shaffofligini taʼminlash;

· davlat xizmatlari tomonidan 2019-yilda koʻrsatilishi rejalashtirilgan 160 ta xizmat turlari uchun onlayn-toʻlovlarni hamda 201 ta markazlarda elektron navbatni joriy qilish;

· xodimlar va Davlat xizmatlari markazlari samaradorligini baholash mexanizmini, “situatsion markaz”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

· jamoat transportlarining eng serqatnov bekatlari (metro, avtovokzal va aeroportlar, shuningdek bozorlar va yirik savdo komplekslari)da “yoʻl-yoʻlakay”davlat xizmatlarini joriy etish (Maʼlumot uchun, bunday xizmatlardan koʻzlangan asosiy maqsad — aholining vaqti va xarajatini tejash boʻlib, misol uchun Yaponiyada davlat xizmatlarini koʻrsatishga moʻljallangan maxsus infokiosklar metroning xar bir bekatiga oʻrnatilgan boʻlib, aholi bir bekatga kirishdan avval qilgan murojaati yuzasidan tayyor boʻlgan hujjatni metrodan chiqishdagi bekatdan olib ketish imkoniyati yaratilgan);

· aholini hamda davlat idoralarining vaqtini tejash hamda tezkorlikni taʼminlash uchun davlat xizmati koʻrsatuvchi vakolatli organlarning qogʻoz koʻrinishidagi arxiv bazalarini elektron bazaga (raqamlashtirish) oʻtkazish rejalashtirilgan.

Поделиться