O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Pensiyaga necha yoshdan chiqiladi?

2019-01-08 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasida “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega” ekanligi qayd etilgan.

Shunday ekan, bugungi kunda fuqarolarga pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlash ishlari qanday va qay tartibdi bajarilmoqda?
 
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasidan maʼlum qilishlaricha, ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga pensiyalarni tayinlash va ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tizimi shartli ravishda ikkiga boʻlinadi.
 
Bunda pensionerlarga pensiya toʻlovlari uchun mablagʻlar, asosan bugungi kundagi ish beruvchilarning Pensiya jamgʻarmasiga toʻlayotgan ijtimoiy toʻlovlari hisobidan amalga oshiriladi.
 
Fuqarolar pensiya olish huquqi paydo boʻlganidan soʻng istalgan paytda pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etishlari mumkin.
 
Masalan, yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar 60 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 25 yil, ayollar 55 yoshga toʻlganda va ish staji kamida 20 yil boʻlganda ega boʻladi.
 
Pensiya yoshiga yetib, zaruriy ish stajiga ega boʻlmagan, lekin kamida 7 yillik ish staji mavjud boʻlsa, bor stajiga mutanosib ravishda toʻliqsiz miqdorda yoshga doir pensiya tayinlanadi. Toʻliqsiz yoshga doir pensiyaning miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
 
Davlat pensiyasini tayinlash uchun ish stajiga ega boʻlmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga ijtimoiy nafaqalar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. U Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarini oshirish toʻgʻrisidagi farmoniga muvofiq qatʼiy miqdorlarda belgilanadi.
 
Misol uchun, yoshga doir nafaqalar erkaklarga – 65 yoshga yetganlarida va ayollarga – 60 yoshga yetganlarida hamda ish stajlari 7 yildan kam boʻlganda tayinlanadi. Yoshga doir ijtimoiy nafaqaning miqdori (2019 yil 1 yanvar holatiga) – 243 300 soʻmni tashkil etadi.
 
2019 yilda biror bir turdagi pensiya va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash tartibi bekor boʻlmagan hamda barcha toʻlovlar oʻrnatilgan tartibda har oyning 27-sanasiga qadar toʻliq amalga oshiriladi. 
 

Sayyora Shoyeva, OʻzA

Поделиться