O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda ilk bor harbiy xizmatchi ayollar forumi oʻtkazildi
2019-01-07 | Jamiyat
Yoshlar markazi binosida viloyat hokimligi, Markaziy harbiy okrugi qoʻmondonligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qism va muassasalar harbiy xizmatchi ayollarning forumi oʻtkazildi.
Forumda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatchi ayollarni harbiy xizmatga chaqirishdagi talablar, shuningdek, ularning huquq va majburiyatlari, yaratilgan imtiyozlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Forum ishida milliy armiyamiz saflarida masʼuliyatli, tashabbuskor yoshlarni birlashtirish, harbiy xizmatchilar faolligini oshirish, ayol harbiy xizmatchilarda xizmat vazifasini oʻtash chogʻida yuzaga kelayotgan muammo va takliflar muhokama qilindi. Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Namunali xizmat koʻrsatgan ayollar munosib taqdirlandi.