O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Har bir davlatga har doim malakali kadrlar kerak

2019-01-05 | Ta’lim

Har doim har bir mamlakat uchun mutaxassislar tayyorlash, yetuk kadrlarni voyaga yetkazish muhim vazifalardan biri sifatida qaralgan. Shu bois ham oliy taʼlim tizimida tahsil olish uchun teng imkoniyat yaratish, pedagog kadrlarga eʼtibor berish, mutaxassislar tayyorlashni kuchaytirishimiz muhim. Buni davlatimiz rahbari alohida taʼkidladi.

Oʻzbekistonda bitiruvchilarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasi oʻtgan davrda 9-10 foiz edi. Soʻnggi ikki yilda koʻrilgan chora-tadbirlar tufayli bu koʻrsatkich 15 foizdan oshdi. Lekin dunyodagi rivojlangan davlatlar tajribasiga qaraydigan boʻlsak, bu koʻrsatkich ularda 60-70 foizni tashkil etadi. Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bu raqamni 20 foizga yetkazish, kelgusi yillarda bu boradagi ishlarni yanada izchil oshirish muhim vazifadir.

Prezidentimiz mamlakatimizdagi birorta universitet dunyo tan olgan oliy oʻquv yurtlari qatoriga kirmaganini afsus bilan aytdi. Bu sohada ishlaydigan biz, mutaxassislar uchun bu juda qattiq ogohlantirish deb hisoblayman. Shu gapning oʻzi qiladigan ishimiz, dasturlarimiz, amaliy ishlarimizni oʻzgartirishimiz kerakligini koʻrsatyapti.

Oliy oʻquv yurtlari nufuzini yanada oshirish, nodavlat taʼlim maskanlari sonini koʻpaytirib, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirishdan endilikda eng asosiy vazifamizdir.

Yoshlarimizga bir vaqtning oʻzida bir nechta oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirish imkoniyatini berish tashabbusining amaliyotga tatbiq etilishi, ularning taʼlim olish huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Oliy taʼlim muassasalariga, real imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimini joriy etish belgilandi. Taʼlim berish va ilmiy faoliyatni amalga oshirishda universitet va institutlarimizning mustaqilligini kengaytirish lozimligi qayd etildi.

Jamiyatimizda oliy maʼlumotga ega, yuksak malakali mutaxassislar qancha koʻp boʻlsa, rivojlanish shuncha tez va samarali boʻladi. Bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga xorijda oʻqishni davom ettirish imkoniyatlari yanada kengaytirish choralari koʻriladi. Yoshlarimiz jahonning nufuzli oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirib, yetuk kadr boʻlib, yurtimiz rivojiga hissa qoʻshishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.

Kelgusi yilda ham oliy taʼlim muassasalarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash koʻlamini kengaytirish ham eʼtiborimizda boʻladi.

 

Inomjon Majidov,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Поделиться