O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi

2019-01-05 | Jamiyat

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasini yanada takomillashtirish hamda fuqarolar bilan maslahatlashgan holda ishlab chiqish maqsadida jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.

2019-yil Davlat dasturi loyihasi 253 ta banddan iborat boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 28-dekabr kuni Oliy Majlisga tadqim etgan murojaatnomasida belgilab berilgan asosiy gʻoya va takliflari hamda 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Hujjat loyihasi bilan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan maxsus yaratilgan 2019.strategy.uz veb-sayti yoki Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali tanishish, fikr va takliflarni bildirish mumkin.

Shuningdek, jamoatchilik muhokamalari doirasida fuqarolar, xalqaro ekspertlar, tegishli vazirlik va idora mutaxassislari, biznes doira hamda fuqarolik jamiyatining boshqa instutlari vakkillari ishtirokida davra suhbatlari, munozalar, ochiq muloqotlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

Keng jamoatchilik vakillari, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida boʻlib oʻtishi kutilayotgan muhokamalar davomida kelib tushgan barcha fikr va takliflar natijasida Davlat dasturi loyihasi yanada takomillashtiriladi.

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamalari 2019-yilning 15-yanvariga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Hujjat loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

2019.strategy.uz

https://regulation.gov.uz/ru/document/1678

Eslatib oʻtamiz, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturlari ham fuqarolar bilan maslahatlashgan, fikr va takliflarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan edi.

Поделиться