O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tibbiyot muassasasini qurish uchun 6 milliard 100 million soʻm mablagʻ sarflandi

2019-01-04 | Sog‘liqni saqlash

Termiz shahrida Surxondaryo viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanserining yangi binosi foydalanishga topshirildi. 

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tantanali marosimda davlat, jamoat tashkilotlari vakillari, sogʻliqni saqlash faxriylari va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi.

Termiz shahar hokimi I.Xudoyberdiyev va boshqalar keyingi yillarda mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirib, fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, kasalliklarni erta aniqlab samarali davolash, buning uchun tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotganini alohida taʼkidladi.

Davlat investitsiya dasturi doirasida barpo etilgan mazkur tibbiyot muassasasini qurib, ishga tushirish uchun 6 milliard 100 million soʻm mablagʻ sarflandi. Uch qavatli yangi binoni “Janub taraqqiyot fayz” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tez, sifatli bunyod etib, foydalanishga topshirdi. Tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun barcha qulayliklar yaratilib, zamonaviy usulda jihozlandi.

Yakunlanayotgan yilda Surxondaryo viloyatida Davlat investitsiya dasturi doirasida 104 072,0 million soʻm mablagʻ evaziga 24 tibbiyot muassasasi yangidan qurildi, rekonstruksiya qilinib, tubdan taʼmirlandi.

Поделиться