O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq taʼlimi xodimlari uchun oʻquv-seminari

2019-01-04 | Jamiyat

Taʼlim muassasalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish hamda umumiy oʻrta taʼlim tizimi xodimlarining maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha malakasini oshirish maqsadida 2019 yilning 4-5 yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Xalq taʼlimi vazirligining masʼul xodimlari, hududiy boshqarmalari rahbar kadrlari hamda xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari rahbarlari uchun oʻquv-seminari tashkil etmoqda.

Oʻquv-seminarda Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi rahbar va mutaxassis xodimlari tomonidan soʻnggi ikki yilda tegishli sohalarda amalga oshirilgan islohotlar, oʻz yechimini kutayotgan muammolar va ularning yechimlari haqida interaktiv usullarni qoʻllagan holda trening tashkil etiladi.

Xususan, treningda ota-onaning farzandi taʼlim-tarbiyasidagi masʼuliyati, Oʻzbekistonda davlat va dinning oʻzaro munosabatlarida amal qilinadigan asosiy tamoyillar, yoshlarda burch va masʼuliyatni shakllantirishda oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligi, yurtimizda mustaqillik yillarida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, xalq taʼlimi tizimida har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashning dolzarb masalalari, uzluksiz maʼnaviy tarbiya, bola tarbiyasi boʻyicha rivojlangan xorijiy davlatlar tajribalari, huquqiy taʼlim-tarbiyani shakllantirish samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qoʻllashning ahamiyati kabi mavzularga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻquv-seminardan koʻzlangan asosiy maqsad, umumtaʼlim maktablarida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirish orqali oʻquvchilar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan turli gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, oʻquvchilar ongida vatanparvarlik hissini rivojlantirish hamda taʼlim-tarbiyaga masʼul boʻlgan mutasaddi xodimlarning malakasini oshirishdan iborat.

Oʻquv-seminarga tayyorgarlik koʻrish jarayonida hamkor tashkilotlar ishtirokida oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida 12 ta mavzuni oʻz ichiga qamrab olgan video resurslar yaratildi va internet tarmogʻiga joylashtirildi.

2019 yilning 4-11 yanvar kunlari respublikamizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida pedagogik jamoa uchun mazkur video resurslardan foydalangan holda videosaboqlar koʻrinishida oʻquv-seminarlari tashkil etiladi.

Поделиться