O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi
2019-01-04 | Jamiyat
Joriy yilning 3 yanvar kuni Buxoro shahridagi “Yoshlar markazi”da Xalqaro sport musobaqalarining gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Unda viloyat hokimi Oʻ.Barnoyev, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti U.Axmadjonov, tegʻishli soha rahbarlari hamda 800 dan ortiq viloyatimiz sportchi va murabbiylari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi Oʻ.Barnoyev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Shundan soʻng 2018 yilda sport sohasini rivojlantirish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadamlar, ayniqsa, viloyatimiz yoshlarining jahon arenalarida qoʻlga kiritilgan yutiqlarini alohida eʼtirof etdi.
Viloyat hokimining bu tadbirga anʼanaviy tus berish borasidagi taklifi yigʻilganlar tomonidan iliq kutib olindi.
Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Prezidenti Umid Axmadjonov esa oʻz nutqida Shahram Gʻiyosov, Shahobiddin Zoirov, Abbos Atoyevga oʻxshagan jahon darajasidagi sportchilarni tarbiyalayotgan Buxoro maktabiga oʻzining chuqur minnatdorchiligini bildirdi.
Shundan soʻng 2018 yilning oktyabr oyida Buenos-Ayres shahri (Argentina) mezbonligida oʻtgan III yoshlar Olimpiya oʻyinlarining bosh sovrinini qoʻlga kiritgan erkin kurashchimiz Umid Jalolov hamda “charm qoʻlqop sohibi” Abdumalik Xalakovlarga “Spark” avtomashinalari tantanali topshirildi.
Bundan tashqari Paraosiyo oʻyinlari sovrindolari Sherzod Namozov, Shirin Sharipov, Feruz Sayidov, Shuxrat Boboyev, Sharif Xalilov, Muhammad Rixsinov va ularning murabbiylari hamda futbol boʻyicha yoshlar chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan “Buxoro” yoshlar jamoasi aʼzolari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.