O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Madaniyat vazirligida 2019-yilgi rejalar muhokamasi boʻldi

2019-01-04 | Madaniyat

Joriy yilning 3-yanvar kuni Madaniyat vazirligida yilning ilk yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ushbu yigʻilishda barcha vazirlik boshqaruv apparati xodimlari hamda Toshkent shahridagi tizim tashkilotlari rahbarlari bilan yil davomida oʻtkaziladigan tadbirlar va amalga oshirilishi lozim boʻlgan masalalarga toʻxtaldi. 

Yigʻilishda, oʻtgan yili bir qator Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat qaror hamda farmoyishlari asosida, yaʼni 2019-yilda sohani rivoji yoʻlida belgilab berilgan topshiriq va vazifalarning ijrolari yuzasidan masʼullar bilan ijro muddatlari kelishib olindi.

Shu bilan birga, vazir tomonidan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi R.GLIER, V.USPЕNSKIY va RIMSALda damli cholgʻu yoʻnalishi boʻyicha sinflarni koʻpaytirish topshirigʻi berildi.

Bolalar musiqa va sanʼat maktablarida dars berayotgan musiqa oʻqituvchilarini 2019-yilda maxsus sirtqi oʻqish tizimini joriy etish taklifi berildi, chunki respublika boʻyicha bu yoʻnalishda dars berayotgan muallimlar soni 36 foizni tashkil etadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston davlat sirkini 2018-yilgi ish faoliyati tanqidiy qayta koʻrib chiqildi hamda tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanildi.

Xullas, madaniyat va sanʼat sohasidagi barcha yoʻnalishlarning faoliyati muhokamasi boʻldi hamda har bir belgilab berilgan topshiriqlarning ijro muddati va bajarilishi yuzasidan rahbarlarning shaxsan masʼul ekanliklari uqtirib oʻtildi.

Поделиться