O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Avstriya Elchisi bilan uchrashuv
2018-12-18 | Siyosat
2018-yilning 18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Avstriya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Vena shahrida) etib tayinlangan Alois Krautni qabul qildi.
Vazir Elchining ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, uni mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida hamkorlikning deyarli barcha sohalarida ikki tomonlama aloqalarning jadal va izchil tus olgani qayd etildi.
Abdulaziz Kamilov Avstriyaning 31-dekabr kuni yakunlanayotgan Yevropa Ittifoqidagi muvaffaqiyatli raisligini alohida qayd etdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish, jumladan tashriflar almashish va qo‘shma biznes-forumlarini o‘tkazishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi.
Ta’kidlanganidek, tomonlar madaniy-gumanitar hamkorlikka katta e’tibor qaratmoqda. Shu o‘rinda Toshkent iqtisodiyot universitetida Avstriya amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda ilg‘or dasturlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashi rejalashtirilayotgan mintaqamizdagi ilk fakultet ochilishi muhim voqea hisoblanadi.
Suhbat chog‘ida ayrim xalqaro siyosiy masalalar muhokama qilindi.
Zafar Yuldashkulov olgan surat