O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi axboroti
2018-12-17 | Siyosat
2018-yilning 16-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20.30da Sapporo shahridagi (Xokkaydo prefekturasi) kafelar va ko‘chmas mulk agentliklari joylashgan tijorat binosida portlash yuz bergani haqida Yaponiya OAV xabar tarqatdi.
17-dekabr tongi holatiga ko‘ra 42 kishining turli darajadagi jarohatlar olgani haqida aytilmoqda. O‘zbekistonning Yaponidagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi Xokkaydo prefekturasida yashovchi vatandoshlar bilan bog‘landi. Jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.