O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident sportchilarga muvaffaqiyat tiladi

2018-12-14 | Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi yangi suv sporti majmuasi bilan tanishdi.

“Vatanparvarlar” bogʻi yonida qad rostlagan ushbu inshoot oʻziga xos memoriy yechimga ega. Tashqi koʻrinishi parvoz qilayotgan qushni eslatadi. Uning bir qanotida oʻgʻil bolalar, ikkinchi qanotida qizlar uchun alohida suzish havzalari bunyod etilgan. Bu yerdagi zamonaviy sharoitlar ota-onalarning, yoshlarning suv sportiga qiziqishini oshiradi.

Yuvinish, ovqatlanish, tibbiyot va fitnes xonalarida barcha qulayliklar yaratilgan.

Prezidentimiz bu yerda shugʻullanayotgan sportchi va murabbiylar bilan suhbatlashib, ularga kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.

Поделиться