O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident Qashqadaryoga keldi

2018-12-13 | Siyosat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yil 28-30-yanvar kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chogʻida koʻplab istiqbolli loyihalar bilan tanishib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan zarur topshiriqlar bergan edi. Oʻtgan bir yilga yaqin vaqt mobaynida viloyatda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirishni koʻzda tutuvchi koʻplab istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.
 
Tahlillarga koʻra, viloyatda joriy yilning 9 oyida yalpi hududiy mahsulot hajmi 15 trillion341 milliard soʻmni tashkil etdi va 2017-yilning shu davriga nisbatan 103 foizga oʻsishi taʼminlandi.
 
Kichik biznesning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 54, xizmatlarning ulushi 33,5 foizni tashkil etdi.
 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,9, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2,3, kapital qoʻyilmalar hajmi 40,5, pudrat ishlari2,3,bozor xizmatlari 7,2 , chakana savdo aylanmasi 3,7 foizga oʻsdi.
 
Viloyatning “2017-2018-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” Dasturiga muvofiq hisobot davrida qiymati 529,8 milliard soʻmlik 560 ta jumladan, sanoatda 50 ta,xizmat koʻrsatishda 248 tava qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida 262 ta loyihalar amalga oshirildi.
 
Hisobot davrida 2 ming 239 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi hamda ularning jami soni 16 ming 794 taga yetdi. Hozirgi kunda roʻyxatdan oʻtgan subyektlarning 16 ming 289 tasi yoki 97 foizi faoliyat koʻrsatmoqda. (2017-yilda 96,2 foiz). Shuningdek, oʻtgan davrda 243 ta kichik biznes subyektlarining faoliyati tiklandi va ularda 648 ta ish oʻrinlari saqlab qolindi.
 
Oʻtgan davrda 16 ta qoʻshma korxonalar yangidan tashkil etildi va ularning soni 74 taga yetkazildi. Shundan, 72 ta qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.
 
Oʻ.Barotov, OʻzA

Поделиться