O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalq taʼlimi tizimida yil yakuni va istiqboldagi vazifalar
2018-12-12 | Ta’lim
2018 yil xalq taʼlimi tizimida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilishi boshlandi.
Mazkur yilning iyun-dekabr oylarida davlat rahbari mamlakatimizda xalq taʼlimini isloh etish va taʼlim sifatini oshirishga bagʻishlangan ikki yigʻilish oʻtkazildi. Shu davr davomida sohani rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan bir necha Prezident farmonlari va qarorlari qabul qilindi.
Hujjatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchi maqomini oshirish, zamonaviy kadrlar bilan taʼminlash siyosati, vazirlikning mavqeyini kuchaytirish, xodimlar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, AKTni keng joriy etish, xalqaro tajribani joriy etish va davlat-xususiy sherikchilik rivojlantirish kabi vazifalar qoʻyildi.
Shu bilan birga Prezidentimiz mahalliy hokimiyatlarning vazifalarini belgilab berdi. Ular, jumladan, xalq taʼlimi muassasalarining qurilishi, taʼmirlash, yangi oʻquv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayerlash, maktablarning xavfsizligini taʼminlan, investitsiya va homiylik mablagʻlarini jalb etish kabi vazifalar yuklatildi.
Islohotlarning asosiy maqsadi jamiyatimizda oʻqituvchi kasbi mavqeyini oshirishdir. Islohotlarning ilk kunidan oʻqituvchilarni huquqiy himoya etish va ularning ishlash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha choralarga katta ahamiyat berildi.
Oʻqituvchilarni majburiy mehnat va majburiy obuna, turli yigʻilishlarga jalb etish toʻxtatildi. Oʻqituvchilar yuritadigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqartirildi. Shu bilan birga maktablarning tekshirish soni 26 baravar kamaydi. “Xalq taʼlimi fidoyisi” davlat mukofoti taʼsis etildi.
Taʼkidlash lozimki, oʻqituvchilarning oylik maoshlari toifasiga qarab 40% dan 72% oshdi. Psixologlar ish haqi 103%, maktab direktori va oʻrinbosarlari, Axborot-resurs markazi rahbari va kutubxonachilar maoshlari 33% koʻtarildi.
Xalq tizimi sohasi xodimlari uchun imtiyozli ipoteka kreditlar, isteʼmol kreditlari, jumladan avtokreditlar, ularning oila aʼzolari tadbirkorlik faoliyatini yuritishlari uchun kredit mablagʻlar ajratish mexanizmlari ishlab chiqilmoqda.
Taʼlim muassasalarining koʻchmas mulkini ijaraga berishdan tushgan va byudjetdan tashqari topilgan mablagʻlarning 99 foizi umumtaʼlim maktablariga beriladi. Maktab rahbariga daromadlarning jami summasidan 10 foizini oʻz xohishiga binoan moddiy ragʻbatlantirish huquqi berildi. Bu xalq taʼlimi tizimida koruppsiyani bartaraf etishga oʻz hissasini qoʻshishi lozim.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi koʻmagida taʼlim rivojiga munosib hissa qoʻshgan, davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan 70 nafar pedagog kadrlarga har yili davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga qarashli sanatoriy-sogʻlomlashtirish muassasalariga imtiyozli va bepul yoʻllanmalari taqdim etiladi. Bu yil ilk bor Kasaba uyushmalari federatsiyasi homiyligida “Yil fan oʻquvchilari” 10 million soʻm mukofot puli bilan taqdirlandilar.
Pedogoglarga yaratilayotgan sharoitlar natijasida 2018 yilda 13 ming nafar erkak oʻqituvchilar maktablarga qaytdilar. Birgina, 2018 yilda 11,5 mingdan ortiq(2016 yilda 1900dan ortiq, 2017 yilda 9500 dan ortiq) oliy oʻquv yurtini tamomlagan yosh mutaxassislar maktablarga ishga qabul qilindi. 2019 yil 1 yanvardan pensiya yoshidagi oʻqituvchilarning pensiyasi toʻliq toʻlanishi munosabati bilan 7 mingdan ortiq tajribali oʻqituvchilar maktablarga qaytib ishga olindi.
UReport.uz loyihasi yoshlar orasida oʻtkazgan soʻrovnomasi natijalari shuni koʻrsatdiki, islohotlar natijasida 71% yoshlar oʻqituvchi kasbini tanlashga tayyor.
Muhtaram Prezidentmiz va Moliya vazirligi koʻmagida xalq taʼlimi tizimiga davlat byudjetdan mablagʻ ajratish oshib bormoqda. 2018 yilda sohaga davlat byudjetdan 12,1 trln. soʻm ajratilgan boʻlsa, 2019 yilda tizim 17,1 trln. soʻm ajratish koʻzda tutilgan. Bu mablagʻlarning 90% soha xodimlarining oylik maoshlariga yoʻnaltiriladi.
Xalq taʼlimi tizimini qoʻllab-quvvatlash xalq harakatiga aylanmoqda. 2018 yil davomida mahalliy byudjetlardan ham maktab infratuzilmasini takomillashtirish va ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mablagʻlar yoʻnaltirdilar.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi Musa Yerniyazov mahalliy byudjetdan maktablarni moliyalash uchun eng koʻp qoʻshimcha mablagʻ ajratgani uchun “Taʼlim homiysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shu bilan birga tizimda xali oʻz yechimini topishi kerak boʻlgan masalalar koʻp. 2016 yildan 2018 yilga qadar maktab oʻquvchilari soni 4,2 mln.dan 5,8 mln. nafarga yetdi. 2019 yilda bu koʻrsatkich 6,2 mln. oʻquvchiga yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga maktablar quvvati 4,8 mln. oʻquvchi darajasida saqlanib qolmoqda.
Bu muammo davlat maktablari va nodavlat taʼlim muassasalarini rivojlantirish hamda foydalanmayotgan kollejlarning binosini maktablarga aylantirish orqali hal etish mumkin. Taʼkidlash kerakki, 2016-2018 yillarda nodavlat taʼlim muassasalarining soni deyarli 4 baravar oshdi va 84 taga yetdi.
2016-2018 yillarda oʻquvchilarning taʼlim olishlari uchun yanada sharoitlarni yaxshilash maqsadida 65 ta yangi maktab qurildi va 15636 ta qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratildi.
Shuningdek, soʻnggi 3 yilda investitsiya va “Obod qishloq” (“Obod mahalla”)davlat dasturlari asosida 1 691 ta taʼlim muassasasida 1.5 trln.soʻmdan ortiq mablagʻ yangi qurilish, kapital va mukammal taʼmirlash uchun sarflandi.2018 yilda bu dasturlar asosida 24 ta maktab yangidan qurilib foydalanishga topshirildi.
Oʻquvchilar sonini koʻpayishi hamda shart-sharoitlarning yaxshilanishi natijasida 43 ta maktab filiallari umumtaʼlim maktablariga aylantirildi (2016 yilda 1138 ta, 2017 yilda 1348 ta, 2018 yili 1299 ta filial boʻlgan).
Bundan tashqari, 2018 yilda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 1815 ta maktab joriy taʼmirdan chiqarildi va buning uchun 189 mlrd soʻm mablagʻ sarflandi.
Taʼlim muassasalarining qurilish-taʼmirlash ishlarining ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida vazirlik saytida onlayn monitoring tizimi (stat.uzedu.uz) ishga tushirildi. Natijada maktablar har yilgidan vaqtliroq va sifatliroq maktablar foydalanishga topshirildi.
Umumiy oʻrta taʼlimning Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari
2017-2018 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga:
1-bosqich: 2017-2018 oʻquv yilidan 1, 4, 6, 7, 10-sinflarda;
2-bosqich: 2018-2019 oʻquv yilidan 2, 3, 8, 9, 11-sinflarda;
3-bosqich: 2019-2020 oʻquv yilidan 5-sinflarda joriy etish boshlandi.
2021 yilda oʻquvchilar bilimini xalqaro standartlar asosida baholash PISA tizimiga oʻtishga tayyorgarlik koʻrilmoqda.
11 yillik majburiy taʼlim tizimiga oʻtilishi munosabati bilan xalqaro tajribani oʻrgangan holda2017 yili 10-11-sinflari uchun yangi oʻquv rejasi ishlab chiqildi va unda oʻquv fanlari 23 tadan 12 taga optimallashtirildi.
2017 yilda 10-sinflar uchun 140 nomdagi jami 9,0 mln. nusxada, 2018 yilda 11-sinflar uchun 137 nomdagi jami 9,7 mln. nusxada darsliklar chop etildi.
2017-2018 oʻquv yilidan boshlab 11 yillik majburiy umumiy oʻrta taʼlim tizimiga oʻtildi. Hozirda umumtaʼlim maktablarida 736 185 nafar oʻquvchilar 10-11-sinflarda taʼlim olmoqda.
Shuningdek, 11 yillik majburiy taʼlim tizimiga oʻtilishi munosabati bilan oʻquvchilarni kasb-hunarga oʻrgatish tizimining yangicha mexanizmi joriy etilib, 2018/2019 oʻquv yilida 10-11-sinf oʻquvchilari kasb-hunar kollejlari bazasida
1 748 ta oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida 737 642 nafar (ulardan 1457 nafari nodavlat taʼlim muassasalari oʻquvchilari) oʻquvchiga51 ta kasblar oʻrganilmoqda
(2017 yili 279 124 nafar oʻquvchiga 1488 ta majmuada 40 ta kasb). Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida yangi kasblar, yaʼni AKT sohasida dasturlovchi, kompyuter dizayneri, komyuterlarni sozlash texnigi kabi mehnat bozorida ehtiyoj yuqori boʻlishi kutilayotgan hamda koʻp haq toʻlanadigan kasblar hisobiga kengaytirish choralari koʻrilmoqda.
Majmualarda jami 10 833 nafar oʻqituvchilar kasb-hunar sirlarini oʻrgatmoqda. Shundan, 8570 nafari oliy maʼlumotli oʻqituvchilar, 2263 nafari oʻrta-maxsus maʼlumotli ishlab-chiqarish taʼlimi ustalaridir.
Oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy baza yaratildi. Jumladan, kasblar boʻyicha malaka talablari belgilandi, oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi, oʻquv-ishlab chiqarish majmualarida oʻquvchilarni baholash mezonlari va yakuniy attestatsiyadan oʻtkazish tartibi belgilandi.
2018 yilda 333 ta taʼlim muassasalarini kasblar boʻyicha 489 ta sinflar toʻplami bilan jihozlash choralari koʻrilmoqda.
2019 yildan boshlab, 635 ta maktablarda tashkil etilgan va minimum darajada jihozlangan oʻquv-ishlab chiqarish majmualariga mavjud kasblar boʻyicha 2,1 mlrd. soʻmlik xom-ashyo yetkazib berish koʻzda tutilmoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi soha faoliyati shaffofligini oshirish, aniq maʼlumotlarni toʻplash, aholi bilan muloqot qilish va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish uchun axborot texnologiyalarini faoli joriy etmoqda. Jumladan, vazirlik ustozovozi.uzedu.uz, stat.uzedu.uz, eduportal.uz kabi resurslarni ishga tushirdi. Xalq taʼlimi tizimiga homiylik mablagʻlarini jalb etish maqsadida MFond jamgʻarmasi ochildi. Xalq taʼlimi sohasidagi maʼlumotlar ochiq-oshkora, shaffof tarzda qoʻyib borish uchun ijtimoiy tarmoqlari kanallarida “Ustoz ovozi” kanali ishga tushirildi.
Xalq taʼlimi vazirligi tizimida oʻquvchilar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targʻib qilish uchun kitob.uz sayti yaratilgan. Saytga jami 803 nomdagi, shundan, 655 nomada oʻzbek va 148 nomda jahon bolalar adabiyoti namoyondalari asarlarining elektron varianti joylashtirilgan. www.kitob.uz saytiga badiiy adabiyotlarning MRZ shaklidagi audio resurslari joylashtirilmoqda. Saytga oʻquvchilar mutolaasi uchun tavsiya qilingan 125 nomdagi adabiyotlar roʻyxati joylashtirilgan.
Vazirlik markaziy apparati tarkibida oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoyalash, ular huquqlarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning taʼlim muassasalari faoliyatiga asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Nazorat-huquqiy xizmati tashkil etildi.
Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi Moliya vazirligidan Xalq taʼlimi vazirligiga oʻtkazildi. Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini nazorat qilish injiniring kompaniyasi tashkil etildi.
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
2018 yil davomida Xalq taʼlim vazirligi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish uchun rivojlangan mamlakatlar hamda ularning davlat va xususiy tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar oʻtkazildi. Ular orasida Finlyandiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH kabi mamlakatlari vakillari bor. Vazirlik vakillari Janubiy Koreya va AQSH tashrif buyurdilar va mahalliy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdilar.
2018 yil davomida xalq taʼlim sohasida katta koʻlamdagi ishlar amalga oshirilgan boʻlsa ham, sohada amalga oshirilishi lozim ishlar koʻp. Hozirda ishlar asosan muammolarni aniqlash va ularga yechim topish ustida ish olib borilgan boʻlma, keyingi bir necha yil taʼlim sifatini, oʻquv dasturlarini va darsliklarni takomillashtirishga yoʻnaltiradi.
2019 yildagi ustuvor vazifalar:
1. Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat taʼlim standartlari oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari qaytadan koʻrib chiqilib, takomillashtiriladi.
2. Har bir hududda (birinchisi 2019 yilda Qoraqalpogʻistonda) iqtidorli oʻquvchilar uchun“Prezident maktablari” tashkil etiladi.
3. 2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega boʻlgan “Zamonaviy maktab”barpo etiladi.
4. Jamiyatda oʻqituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida “Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi.
5. Taʼlim sifati yuqori boʻlgan namunali maktablar tarmogʻi (“setevaya shkola”) kengaytiriladi.
6. Davlat xususiy sherikchilik asosida nodavlat taʼlim muassasalari 2 baravarga ortadi.