O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda ilk bor velosport boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkaziladi

2018-12-04 | Sport

Mamlakatimizda 2019 yilning 22-28 aprel kunlari velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkaziladi.

Mazkur Osiyo chempionatiga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishish hamda Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi ijroiya qoʻmita yigʻilishini oʻtkazish maqsadida poytaxtimizga Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Axmed Abdulla al Shafar boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
 
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida martabali mehmonlarni Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Kozimxoʻja Oʻrinboyxoʻjayev kutib oldi.
 
Osiyo velosport konfederatsiyasining navbatdagi ijroiya qoʻmita yigʻilishida mamlakatimizda oʻtkaziladigan mazkur Osiyo chempionatida 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyalar berilishi alohida taʼkidlandi. Chempionatda qitʼamizning 40 ga yaqin davlatidan qariyb 600 nafar velosportchi ishtirok etishi sabab, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar oʻrganib chiqildi.
 
Ijroiya qoʻmita ishtirokchilariga Osiyo chempionati oʻtkaziladigan Toshkent viloyatidagi avtomagistral yoʻllar holati, mehmonxonalardagi sharoitlar haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi.
 
Osiyo chempionatini ommaviy axborot vositalarida yoritish uchun xorijiy jurnalistlarning yurtimizga tashrif buyurishi hamda mazkur chempionat dunyoning mashhur Yevrosport (Eurosport) kanalida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilishi haqida maʼlumotlar aytildi.
 
Yigʻilishda Osiyo velosport konfederatsiyasi bilan “UzReport TV” telekanali oʻrtasida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha Osiyo chempionatini yoritish huquqini beruvchi ikki tomonlama kelishuv imzolandi.
 
Osiyo velosport konfederatsiyasining mutasaddi rahbarlari ijroiya qoʻmitasi yigʻilishidan soʻng poytaxtimizdagi “Milliy” stadionga tashrif buyurdilar. Ularga ushbu oʻyingoh faoliyati va muzeyi haqida maʼlumot taqdim etildi.
 
Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Axmed Abdulla al Shafar muzeyning faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi.
 

 

Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA

Поделиться