O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tojikiston adliya sohasida Oʻzbekiston tajribasi bilan tanishmoqda

2018-11-27 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taklifiga binoan Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari Holiqzoda Abdumanon Gʻaffor boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda mamlakatimizda boʻlib turibdi. 

Tashrif doirasida bugun, Toshkentda delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbariyati bilan uchrashdi. 
 
Oʻzaro muloqotda adliya vaziri oʻrinbosari Mahmud Istamov mehmonlarni yurtimizda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi. 
 
Oʻz navbatida, Abdumanon Xoliqzoda qabul va tanishtiruv uchun minnatdorlik bildirib, yurtimizda notarial, FHDYO organlari va advokatura institutlari faoliyatdagi ijobiy oʻzgarishlarga, yangiliklarga yuqori baho berdi. 
 
Uchrashuv doirasida adliya vazirligining bugungi kundagi faoliyati, vazifalari, notarial sohada, fuqarolarga davlat xizmatlarini koʻrsatish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish yoʻnalishida olib borayotgan ishlari mazmun-mohiyati qamrab olingan taqdimotlar oʻtkazildi. Shuningdek, tomonlar adliya sohasida ikki tomonlama hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildi. 
 
– Oʻzbekiston adliya sohasida katta tajriba ega, – dedi Tojikiston Respublikasi adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Asadulla Hakimov. – Tashrif doirasida biz ana shu tajriba bilan yaqindan tanishishni maqsad qilganmiz. Bugungi uchrashuvda ham mamlakatingiz adliya tizimida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarga huquqiy koʻmak koʻrsatish borasida bir qancha yangiliklar joriy qilinganiga guvoh boʻldik. Yana bir narsani alohida taʼkidlash joizki, joriy yilda mamlakatlarimiz adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik kelishuvi imzolangan edi. Oʻzaro tajriba almashinuvimiz ana shu hamkorlikning mantiqiy davomi boʻlmoqda. Biz oʻzbekistonlik hamkasblarimizni ham Tojikistonga tashrif buyurib, tajribalarimiz bilan yaqindan tanishishga taklif etamiz. 
 
Shu kuni Toshkent Davlat yuridik universitetida Adliya vazirligi tizimidagi islohotlarga bagʻishlanib tashkil etilgan seminarda ham delegatsiya vakillari ishtirok etdi. 
 
Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi davom etadi. Mehmonlarni Buxoro va Samarqand shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish rejalashtirilgan. 
 

Malohat Husanova, OʻzA

Поделиться