O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zstandart” yurtimizda “Ziyorat” turizmini rivojlantirishga e’tibor qaratmoqda
2018-11-27 | Turizm
“O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizda “Ziyorat turizmi”ni rivojlantirish maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Din ishlar bo‘yicha qo‘mitaning qo‘shma qaroriga muvofiq, “Halol talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi tayyorlandi.
Yurtimiz tadbirkorlari uchun Yevropa davlatlariga mahsulotlarini eksport qilishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida SE markirovkani mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llash uchun, Turkiya, Ukraina, Germaniya va Slovakiya davlatlarining sertifikatlashtirish idoralari bilan muzokaralar o‘tkazildi va hamda tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish maqsadida Kelishuv loyihalari tayyorlandi.