O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabari

2018-11-26 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga muvofiq, bugun, erta tongda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari oʻquv trevogasi boʻyicha koʻtarildi.

Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligi tekshiriladi. U besh kun davom etib, toʻrt bosqichda amalga oshiriladi.

Mashgʻulotlar davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatining boshqaruvni amalga oshirishi hamda qoʻshinlarni yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirishi, shuningdek, boʻlinmalarning uyushqoqlik bilan belgilangan hududlarga chiqib ketishi va tezkor vazifalarni bajarishga tayyor ekanligi bilan bogʻlik masalalar koʻrib chiqiladi.

Taʼkidlash lozimki, bugungi kunga kadar harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, harbiy texnika, qurol-yarogʻ va moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlanganlik darajasi bu kabi keng koʻlamli tekshiruvdan oʻtkazilmagan.

Kompleks tekshiruvlarning asosiy vazifasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning jangovar shayligini hamda belgilangan muddat ichida yuklatilgan vazifalarni bajarish imkoniyatlarini baholash, oʻtkazilayotgan harbiy oʻquvlarda komandirlar tarkibining jangovar topshiriqlarni bajarish, hujjatlar bilan toʻliq va oʻz vaqtida ishlash koʻnikmasini sinovdan oʻtkazishdan iborat.

Поделиться