O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqand viloyati hokimi Paxtachida sayyor qabul oʻtkazadi
2018-11-23 | Jamiyat
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov 24 noyabr kuni Paxtachi tumanida sayyor qabul oʻtkazadi.
Tadbir soat 09:00 da boshlanadi. Unda viloyat hokimi rahbarligida barcha korxona-tashkilot, boshqarmalar boshliqlari ishtirok etadi va Paxtachi pedagogika kolleji binosida tuman aholisini sayyor tarzda qabul qiladi.
Murojaat etuvchilar Ziyovuddin shaharchasi, A.Temur mahallasi, Hamid Olimjon koʻchasidagi manzilga kelib, oʻz muammolari, taklif va mulohazalarini viloyat hokimiga bildirishlari mumkin.
Manzil: 22-maktab, Paxtachi tibbiyot kolleji.
Maʼlumot uchun telefon: 0(366) 235-62-36.