O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Klaster tizimini rivojlantirish omillari, natija, tahlil, ustuvor vazifalar
2018-11-23 | Jamiyat
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2018-yil 21-noyabrda tashkil etilgan seminarda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi, “Oʻzagrokimyohimoya” AJ, “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ va bir qator tashkilotlar, idoralar, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish korxonalari, oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 53-son hamda 2018 yil 19 sentyabrdagi 744-sonli Qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur Qarorlarni ijrosini toʻlaqonli taʼminlash maqsadida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish - 2018 yilda erishilgan natijalar tahlili va 2019 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar” mavzusida amaliy seminar tashkil qilindi.
Ushbu seminarning asosiy maqsadi paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish klasterlarining zamonaviy usullarini shakllantirish hamda tizimli innovatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
Qishloq xoʻjaligida innovatsiyalarni joriy etish sohasida eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasiga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish, agrar sektorda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy koʻrsatkichlarni yaxshilash, innovatsion gʻoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish kabi vazifalar vazirlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlari etib belgilash kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida mavjud muammolari, ularni bartaraf etish choralari toʻgʻrisida oʻzlariga batafsil maʼlumotlar olindi va muammolarni yechishda ilm, fan bilan uygʻunlikda amalga oshirish boʻyicha kelishib olindi.
Oʻzbekistonda paxta yetishtirish va uni yigʻib-terib olishda jarayonida majburiy mehnatdan foydalanish holatlari oʻtgan davrga nisbatan 46 foizga qisqarib, 2018 yilda bor yoʻgʻi 7 foizni tashkil etganligi Xalqaro Mehnat Tashkiloti tomonidan maʼlum qilinib, paxtachilik sohasida klaster tizimining joriy etilishi, paxta terimi uchun belgilangan pul hamda boshqa moddiy ragʻbatlantirishlar miqdori sezilarli darajada ortganligi buning asosiy sabablari sifatida eʼtirof etildi.