O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shaxmatchilarimizdan 91 ta medal!
2018-11-23 | Sport
Poytaxtimizda shaxmat boʻyicha 6 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida Gʻarbiy Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi.
“International Hotel Tashkent” mehmonxonasida boʻlib oʻtgan shaxmat turnirida sportchilarimiz umumjamoa hisobida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Keyingi oʻrinlar Qozogʻiston va Eron shaxmatchilariga nasib etdi.
Shaxmatchilarimiz rapid, blis va standart yoʻnalishlari boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqalarda 91 ta medalga sazovor boʻlgan boʻlsa, shundan 26 tasi oltin medaldir!
Muhammad Amin olgan suratlar