O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻliqni saqlash vazirligi: Sergelidagi chaqaloqning vafotiga emlash sabab boʻlmagan

2018-11-23 | Sog‘liqni saqlash

Sergeli tumanida yashovchi E.X. farzandining vafoti yuzasidan Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining mutaxassislari tomonidan tekshiruv olib borildi. Unda E.X.ning farzandiga emlashning toʻgʻri qilinganligi, uning standartlarga mosligi, miqdori va muddati kabi jihatlari ham chuqur oʻrganib chiqildi.

Maʼlum boʻlishicha, bola 2018 yil 24 avgustda Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikada bolalar shifokori N.Rasulova tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan va reja asosida 2 oylikdagi emlashga ruxsat berilgan. Oʻsha kuni bolaning onasi E.X farzandiga poliomiyelit va pnevmokokkga qarshi vaksinalarni olgan. Emlash maxsus ruxsatnomasi boʻlgan hamshira M.Salikova tomonidan amalga oshirilgan.

Oradan ikki kun oʻtib, yaʼni 26 avgust, soat 11.00larda bolaning tana harorati 38,5 darajaga koʻtarilgani kuzatilganligi uchun tez yordam chaqirilgan hamda bemorga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, 3-shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Nevropatolog shifokor Sh.Nasrullayev tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, “Talvasa sindromi. Somatogen asoslangan. Bosh miya shish xavfi” tashxisi qoʻyilib, muolaja qilingan. Ammo 28 avgust kuni soat 19.30da bola ahvoli ogʻirlashavergach Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM)ning bolalar reanimatsiyasi boʻlimiga oʻtkazilgan. Bolaga kerakli davo choralari koʻrsatilishiga qaramay, bemor 30 avgust kuni soat 24.00da markazda vafot etgan.

Mutaxassislarning xulosasiga koʻra, bolaning oʻlimiga emlash sabab boʻlmagan.

–24 avgust kuni Sergeli tumanidagi 10 - oilaviy poliklinikada jami 128 nafar bola emlangan. Oʻtkazilgan tahlillar nafaqat ushbu bolada, balki emlanganlarning birortasida ham emlashdan soʻng yuz berishi mumkin boʻlgan noxush holatlar kuzatilmaganligini koʻrsatdi, – deydi Sogʻliqni saqlash vazirligi Sanitar epidimiologiya nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi Dilmurod Mirzaboyev. –Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda har oyda 2 yarim million nafar bola milliy emlash kalendari asosida vaksinalar bilan emlanadi va ularning emlashdan keyingi holati doimiy ravishda oʻrganib boriladi. Eng muhimi, yurtimizda shu paytgacha ushbu vaksinalar bilan bogʻliq salbiy holatlar biror marta boʻlsada, roʻyxatga olinmagan. Jumladan, poliomiyelit va pnevmokokk vaksinalariga umuman tibbiy cheklov yoʻq, ular oʻlim bilan bogʻliq asoratlarni umuman keltirib chiqarmaydi. Bu Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining nufuzli ekspertlari tomonidan oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlarda ham isbotlangan.

Bundan tashqari, emlash ishlarini amalga oshirishda foydalaniladigan, jahon tibbiyoti amaliyotida keng qoʻllanilayotgan samarali emlash vositalari BMTning Bolalar fondi – YUNISЕF va boshqa xalqaro tashkilotlar sertifikati asosida mamlakatimizga olib kelinib, tegishli tartibda qayta tibbiy-laboratoriya sinovlardan oʻtkaziladi. Ular Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan sertifikat bilan kafolatlanadi va sovuqlik zanjiri tizimiga rioya etilgan holda joylardagi emlash punktlariga yetkaziladi. Emlash muolajalari shahar va tumanlarda aholiga biriktirilgan oilaviy poliklinika, chekka joylarda esa qishloq oilaviy poliklinikalarida malakali shifokor koʻrigidan oʻtilgach, maxsus oʻqitilib, tegishli ruxsatnoma olgan hamshiralar tomonidan bepul amalga oshiriladi.

Kuni kecha poytaxtimizda tashkil etilgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni isloh qilish” mavzusida xalqaro konferensiyada ham Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab yurtimizdagi emlash borasida saʼy-harakatlarni yuksak baholadi. Immunizatsiya yoki vaksinatsiya borasidagi ishlarga qaratilayotgan eʼtibor, hattoki, Yevropaning rivojlangan mamlakatlarida ham amalga oshirilmaganini aytib oʻtdi. Shunday ekan, sogʻlom farzand tarbiyasiga masʼul har bir ota-ona emlash kalendarida koʻrsatilgan muddatlardan kechiktirmay farzandlarini emlatishlari zarur.

Yuqoridagi vaziyat, yaʼni bolaning vafoti yuzasidan tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari, bolaga tashxis qoʻyish va davolash jarayoni vazirlik mutaxassislar hamda huquq-tartibot organlari tomonidan chuqur oʻrganilmoqda.

Поделиться