O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sogʻliqni saqlash sohasi yangi konsepsiya asosida rivojlantiriladi

2018-11-20 | Sog‘liqni saqlash

Toshkentda 20-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa mintaqaviy byurosi va mamlakatimizdagi vakolatxonasi hamkorligida “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni isloh qilish” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi. 

Unda tegishli vazirlik va idoralar, JSST, BMT, YUNISЕF kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimov, sogʻliqni saqlash vaziri A.Shodmonov, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori J.Yakab soʻzga chiqdi. 

– Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash sohasi izchil rivojlanmoqda, – dedi J.Yakab. – Xususan, emlash dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida sogʻliqni saqlash sohasi boʻyicha davriy islohotlar ishlab chiqilayotgani aholi salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi pogʻonaga olib chiqish imkonini bermoqda. Buni mamlakat kelajagi yoʻlida kiritilgan eng yaxshi investitsiya ham deyish mumkin. Tashkilotimiz bu boradagi tashabbus va harakatlarni, tibbiyotni moliyalashtirishdagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 noyabr kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda tibbiyot tizimini isloh qilishning 2025 yilgacha moʻljallangan konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish yuzasidan koʻrsatmalar berilgan edi. 

Shunga muvofiq Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha idoralararo ekspert guruhlari tashkil etildi. JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi va mamlakatimizdagi vakolatxonasi ekspertlari ham konsepsiya boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdi. 

Konferensiyada mazkur konsepsiya loyihasi taqdimoti oʻtkazildi. 

Mazkur konsepsiya loyihasida sogʻliqni saqlash tizimini mustahkamlash boʻyicha harakatlarning ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan. Unda tibbiyot sohasida qonunchilikni takomillashtirish, sogʻliqni saqlashni tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish, tibbiy yordam sifatini oshirish kabi ustuvor vazifalar qamrab olingan. 

Masalan, sohada qonunchilikni takomillashtirish yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “Tibbiy yordamning kafolatli hajmi toʻgʻrisida”gi qonun, “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi kodeks loyihalarini ishlab chiqish, majburiy tibbiy sugʻurta sohasiga tegishli meʼyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish koʻzda tutilgan. 

Anjumanda sogʻliqni saqlash vaziri A.Shodmonov soha islohotlari jamlanmasi boʻlgan yangi konsepsiyadan kutiladigan natijalarga toʻxtaldi. Uning taʼkidlashicha, yangi konsepsiyani tatbiq etish orqali tizimda yechimini kutayotgan masalalar hal etilib, onalar va bolalar oʻlimi darajasini 15 foizga, chaqaloqlar va 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlim darajasini esa 30 foizga kamaytirishga erishish mumkin. Shuningdek, tibbiy ilmiy muassasalarni bazaviy va dasturiy moliyalashtirish yoʻlga qoʻyiladi. 

Tadbirda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimini moliyalashtirish, soha manfaatlariga tegishli strategik boshqaruvni barqarorlashtirish kabi masalalar ham koʻrib chiqildi. 

Konferensiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.Abduvohidov ishtirok etdi. 

Malohat Husanova, OʻzA

Поделиться