O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Germaniya bilan texnika sohasida mutaxassislar tayyorlashda hamkorlik qiladi

2018-11-20 | Ta’lim

20-noyabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Madjidov Berlin texnika universiteti ijrochi direktori Arnold Shterngarsni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga erishish maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirishga katta eʼtibor qaratilayotgani qayd etilib, respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim muassasalari xususiyatlari taʼkidlab oʻtildi.

Muzokaralarda Germaniya taʼlim tizimining ijobiy jihatlari qayd etilib, undagi ilgʻor tajribalarni yurtimiz oliy taʼlim tizimiga joriy etish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Toshkent davlat texnika universitetida Berlin texnika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkoniyatlari mavjud ekanligi qayd etildi. Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy tadbirlar bilan kengaytirishga kelishib olishdi.

Поделиться