O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti

2018-11-20 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida strategik ishlanmalar sohasi boʻyicha taniqli mutaxassis, akademik Vladimir Kvintning “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Kitobning taqdimoti tadbirida mamlakatimiz ilmiy doiralari vakillari, akademiya ilmiy xodimlari va tinglovchilari ishtirok etdi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Rustam Qosimov va boshqalar mamlakatimiz iqtisodiyotini jadal rivojlantirish yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar davrida bu kabi kitoblar mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan yetuk kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
 
Akademik, Rossiya Fanlar akademiyasining chet ellik aʼzosi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Vladimir Kvint strategiya nazariyasi va global bozor sohasi boʻyicha jahondagi mashhur olim, strategiya umumiy nazariyasini ishlab chiqqan, shakllanayotgan global bozor nazariyasi yaratuvchisi hisoblanadi.
 
Oʻzbek va rus tillarida mamlakatimizda nashr etilgan “Strategiyalash nazariyasi va amaliyoti” nomli kitobi olimning koʻp yillik izlanishlari natijalarining konseptual bayoni hisoblanadi. Unda fundamental qonun-qoidalar, strategiyalash nazariyasi va amaliyoti, strategiyaning asosiy toifalari sharhlab berilgan.
 
Muallif tomonidan strategiyani ishlab chiqish va bu jarayondagi eng muhim prinsiplarni oʻzida namoyon etuvchi strategik fikrlashning oʻn beshta novatorlik qoidalari shakllantirilgan.
 
Shuningdek, mazkur kitobda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan va pirovard maqsadi har bir fuqaroning munosib hayot kechirishi uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan islohotlar va bozordagi qayta oʻzgartirishlarga ham yuqori baho berilgan.
 
Keng jamoatchilikka taqdim etilayotgan mazkur kitob rahbarlar, shuningdek, strategik rejalashtirish, boshqarish sohasida faoliyat olib borayotgan olimlar va mutaxassislar uchun katta ilmiy yangilik boʻlib, metodologik, dolzarb amaliy ahamiyat kasb etadi.
 
Tantanali tadbirda V.Kvintga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faxriy doktori unvoni berildi.
 
Eslatib oʻtamiz, saytimiz orqali “Chuqur oʻylangan strategiya – iqtisodiy oʻsish va hayot sifatini oshirish asosi“ sarlavhali maqola ostida mazkur kitob mohiyati ochib berilgan edi.
 

Mohigul Qosimova, Oqil Gʻulomov (surat), OʻzA

Поделиться