O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namanganda ​“HYUNDAI” avtomobil zavodiga tamal toshi qoʻyildi​

2018-11-19 | Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida faollar bilan uchrashuvda Namangan viloyatida yirik ishlab chiqarish sanoati yoʻqligini taassuf bilan eʼtirof etib, viloyatda yirik avtomobil zavodi qurish loyihasi amalga oshirilishi haqidagi ezgu maqsad bilan namanganliklarni xushnud etgan edi. 

Bu viloyat ahliga quvonch va gʻurur bagʻishlagan boʻlsa-da,ushbu loyihaga shu qadar tezkorlik bilan kirishilishini koʻpchilik tasavvur qilmagan edi. 

Biroq oʻsha tarixiy tashrifdan roppa-rosa yigirma kun oʻtib mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatining yirik loyihalaridan birini amalga oshirish yoʻlidagi dastlabki qadamlardan biri sifatida Janubiy Koreyaning “Evergreen Motors Group” kompaniyasi prezidenti Kim Chan Kong viloyatga tashrif buyurdi. 

Davlatimiz rahbarining oʻtgan yili noyabr oyida Janubiy Koreyaga tashrifi esa ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik aloqalari istiqbolini yangi bosqichga koʻtarib, boshqa koʻplab loyihalar orasida “Hyundai” avtozavodi qurilishi bilan bogʻliq loyihaning roʻyobi yanada tezlashib ketdi. Bugun esa bu boradagi ishlar qogʻozdan bevosita amaliyotga koʻchdi. 

Dastlab viloyat hokimligida “Hyundai” tijorat avtomobillari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish boʻyicha investitsion shartnomani imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Shartnomani Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Namangan viloyati hokimi X. Bozarov, Koreya Respublikasi tomonidan “Hyundai Motor” kompaniyasining yuk mashinalari boʻyicha prezidenti Li In Cheol, “Posco-Daewoo corporation” kompaniyasi Avtomativ boʻlimi prezidenti oʻrinbosari Li Sang Xun va “Evergreen Motors” kompaniyasi Prezidenti Kim Chang Keon imzoladilar. 

Shartnomalarni imzolash marosimida shuningdek Janubiy Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Elchisi Kvon Yon U, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha Davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari L. Qudratov, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirining oʻrinbosari S. Saifnazarov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi B. Yusupov va boshqa rasmiy idora vakillari, xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalari jurnalistlari ishtirok etdi.

Kunning ikkinchi yarmida Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Hyundai” tijorat avtomobillari ishlab chiqarish yangi zavodining tamal toshini qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Koreya delegatsiyasi bilan birgalikda Malayziya, Indoneziya, Xitoy Xalq Respublikasi va Tailand kabi hamkor davlatlaridan ishbilarmonlar vakillari ham taklif etildi. 

Viloyat, shahar va barcha tumanlar davlat boshqaruvi idoralari, iqtisodiyot tarmoqlari, jamoat tashkilotlari mutasaddilari, aholi, faxriylar va yoshlar vakillari ishtirok etgan tantanali marosimda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani taʼkidlandi. 

– Bugungi kunda viloyatimizning oʻzidagina Janubiy Koreya investitsiyasi ishtirokidagi 17 ta qoʻshma va xorijiy korxona faoliyat koʻrsatayotgani fikrimizning dalilidir, – dedi viloyat hokimi X.Bozorov. –Ushbu “Hyundai-Namangan KD yangi zavod” qurilishi ham mamlakatimiz avtomobilsozligi tarixidagi muhim qadamlardan biri boʻlishi bilan birgalikda viloyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga molik loyihalardan biri sifatida xalqimiz farovonligi, yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladi. 

Oʻzbekiston Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalar borasidagi hamkorlik aloqalari yil sayin kengayib borayotgan eng ishonchli hamkor davlatlardan biridir, – deydi “Hyundai Motor” kompaniyasining yuk mashinalari boʻyicha prezidenti Li In Cheol. – Biz bugun qoʻyilgan tamal toshining samarasini yangi yilning xuddi shu kunlarida koʻrishga ishonamiz. 

Koreya Respublikasining “Hyundai Motor”, “Evergreen Motors” va “Posco-Daewoo corporation” kompaniyalari hamkorligida qurilishi rejalashtirilgan bu zavod,2019 yilning sentyabrida ilk mahsulotlarini chiqarishga boshlaydi. Dastlab yiliga 400 ta kichik yuk mashinalari, mikroavtobuslar hamda avtobuslar ishlab chiqariladi. Bosqichma-bosqich bu koʻrsatkich 3000 taga yetkaziladi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 50 foiz ehtiyot qismlarni shu yerning oʻzida ishlab chiqarish koʻzda tutilgan. Dastlabki bosqichda 1000 ta, zavod toʻla ishga tushirilgach 6 mingdan ziyod ish oʻrni yaratiladi. 

Koreya delegatsiyasi va respublika vazirliklari hamda viloyat rahbariyati tomonidan ramziy lentani qirqilib, “Hyundai-Namangan KD" yangi zavod poydevoriga belkuraklarda qum tashlab, oʻziga xos tamal toshi qoʻyildi. 

Mazkur tarixiy voqea munosabati bilan mehmonlar sharafiga Namangan shahridagi “Diyor” tantanalar majmuasida bir piyola choy ustida tashkil etilgan marosimga viloyat sanʼatkorlari, yosh isteʼdodlar ijrosidagi oʻzbek va koreys milliy kuy-qoʻshiqlari, jahon musiqa sanʼatining noyob durdonalari yanada fayz bagʻishladi. 

Tamal toshini qoʻyish marosimida viloyat hokimi X.Bozorov soʻzga chiqdi. 

 

Akramjon Sattorov, Xotam Mamadaliyev (surat), OʻzA

Поделиться