O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qozogʻiston – Oʻzbekiston: Hamkorlik forumi istiqbolli munosabatlar asosi

2018-11-16 | Siyosat

Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahrida Qozogʻiston – Oʻzbekiston I mintaqalararo hamkorlik forumi oʻz ishini boshladi.

Gʻayrat SHIRINOV,
OʻzA maxsus muxbiri
Qozogʻiston, Chimkent

Mazkur forumning asosiy maqsadi Oʻzbekiston – Qozogʻiston oʻrtasidagi manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishdan iborat.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida turli sohalar boʻyicha hamkorlik kengaymoqda. Forum ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari, ishbilarmon doiralari vakillarini bir maqsad yoʻlida jamladi. Mamlakatlarimiz hududlarining eksport salohiyati, Oʻzbekistondagi yangi iqtisodiy zonalar istiqbollari, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari qayta koʻrib chiqildi.

Tadbir bir necha shuʼba majlislarida davom etdi. Qozogʻistonda Oʻzbekiston yilining yakunlari boʻyicha oʻtgan sessiyada turizmga investitsiya loyihalarini jalb etish va hamkorlikni chuqurlashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Qozogʻistondan Oʻzbekistonga keluvchi sayyohlar oqimi joriy yilning oʻn oyi davomida sal kam 2 millionga yetib, oʻtgan yilga nisbatan 500 mingga ortgani ijobiy oʻzgarishlardan darak beradi.

– Bugungi turizm iqtisodiyotning yangi, oʻziga xos boʻgʻini sanaladi, – deydi “Kazak tourism” milliy kompaniyasi raisi oʻrinbosari Timur Duisengaliyev. – Turizm har bir mamlakatning ertangi kelajagini belgilab beradi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida turizm yoʻnalishida 9 dan ortiqhamkorlik shartnomalari imzolandi. Chegaraviy masalalarda ham ijobiy kelishuvga erishildi. Keyingi yillarda Oʻzbekistonda turizmni keng koʻlamda rivojlantirish uchun jiddiy ishlarga qoʻl urilmoqda. Turizm sohasida faoliyat yuritayotganim uchun bu jarayonni doimiy kuzatib boraman. Ushbu forumda hamkorlikda loyihalarni qayta koʻrib chiqib, toʻsiqlarsiz turizmni yoʻlga qoʻyish yuzasidan kelishuvlarga erishamiz.

Tadbirdoirasida Qozogʻiston – Oʻzbekiston biznes-forumi ishbilarmonlar kengashining II majlisida un va don mahsulotlari yetkazib berishavtomobilsozlik yoʻnalishlarida ham memorandum imzolandi.

– Qozogʻistonda Oʻzbekistonning savdo uylarini tashkil etish boʻyicha taklif tushdi, – dedi Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasining birinchi oʻrinbosari Islom Jasimov. – Savdo uylari tadbirkorlar uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bu taklif hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini inobatga olgan holda takliflarni qoʻllab-quvvatladik. Ayrim kompaniyalarimiz oʻrtasida manfaatli bitimlar imzolandi. Savdo sanoat palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish vazifalari belgilab olindi. Hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ham qarorlar qabul qilindi.

Ayni shu yoʻnalishda Sirdaryo viloyati hokimligi bilan ham memorandum imzolandi.

– Bugungi forumda investorlar bilan muzakora olib borib, “Novopek” kompaniyasi bilan qiymati 8 million dollarga teng 2 ta loyiha kelishuviga erishdik. Bu loyihalarni 2019-2020 yillarda amalga oshirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ikki tomonlama savdo uyini ochish boʻyicha ham oʻrganishlar olib bormoqdamiz,– dedi Sirdaryo viloyati hokimining Investitsiya boʻyicha oʻrinbosari Avaz Xoʻjayev.

Qishloq xoʻjaligi borasidagi hamkorlik istiqbolini belgilovchi galdagi shoʻba majlisi ikki mamlakatdaqishloq xoʻjaligi va suv resurslaridan foydalanish masalalariga bagʻishlandi. Agrosanoat kompleksida kooperatsiya hamkorligini rivojlantirish mavzusida tashkil qilingan amaliy seminarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashning zamonaviy usullari, xalqaro meʼyorlar boʻyicha yakdil tizimni tashkil qilish istiqbollari, eksport boʻyicha tranzit yoʻnalishlari, qadoqlash va sertifikatlashtirish amaliyoti masalalari atroflicha koʻrib chiqildi. Oʻzbekiston zaminida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlariga dunyo bozorida talab yuqori. Ushbu sohani jadal taraqqiy ettirish boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bu kabi mahsulotlar eksportini yanada oshirishga mustahkam zamin yaratmoqda.

Shuni alohida eʼtirof etish lozimki, Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichda jadal taraqqiy etmoqda. Bu savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlar mustahkamlanishida, ikki davlat manfaatlariga xizmat qiladigan loyihalarning hayotga izchil tatbiq etilishida oʻz ifodasini topmoqda.

Forumda oʻzaro savdo-investitsiyaviy, mintaqaviy va hududlararo iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirish, mamlakatlarimizning savdo aylanmasi hajmini oshirish masalalari keng muhokama qilindi. Koperatsiya, ishlab chiqarish, sanoat, oziq-ovqat, toʻqimachilik, turizm, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Qozogʻiston – Oʻzbekiston I mintaqalararo hamkorlik forumidaQozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Asqar Mamin va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov memorandum imzoladi.

 

Temur Mamadaminov olgan suratlar, O`zA

Поделиться