O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo bilan shugʻullanishiga hech qanday toʻsiq yoʻq

2018-11-15 | Jamiyat

Toshkent shahridagi maishiy texnika vositalari savdosiga ixtisoslashgan “Malika” savdo majmuasida kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan nazorat tadbiri boʻyicha internet saytlarida va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab turli talqindagi fikrlar tarqalmoqda.

Ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qoʻmitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Joriy yilning 13-noyabr kuni “Malika” savdo majmuasida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida 13 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, chet elda ishlab chiqarilgan va respublikamizga yashirin yoʻllar orqali olib kirilib, hech qanday hujjatlarsiz maishiy texnika savdosi bilan shugʻullanayotganligi aniqlangan.

Ushbu fuqarolar isteʼmolchilar huquqlarini qoʻpol ravishda buzib, sifat sertifikatiga ega boʻlmagan tovarlar savdosi hamda sogʻlom raqobat muhitiga salbiy taʼsir koʻrsatgan holda, davlat byudjeti oldida majburiyatlarni bajarmay, umuman soliqlarni toʻlamagan.

Nazorat tadbiri davomida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan noqonuniy ravishda savdoga qoʻyilgan umumiy qiymati qariyb 308 mln. soʻmlik soʻmlik 66 ta maishiy texnika vositalari, 7,8 mingta uyali aloqa va aksessuarlar Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksi”ning 176-moddasiga asosan masala qonuniy hal boʻlguniga qadar vaqtinchalik olib qoʻyildi.

Davlat soliq qoʻmitasi belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo bilan shugʻullanishi uchun hech qanday toʻsqinlikka yoʻl qoʻyilmasligini maʼlum qiladi.

Davlat soliq qoʻmitasi – insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkori!

Поделиться