O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezident Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketdi
2018-11-15 | Siyosat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida oʻziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor. Bular – xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita koʻzdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga moʻljallangan vazifalarni belgilab berish.
Shuning uchun davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda. Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpogʻiston.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Nukusga joʻnab ketdi.