Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari U.Egamov boshchiligidagi delegatsiya vakillari Qozogʻiston Respublikasining Chimkent shahri, Turkiston hamda Jambul viloyatlarida boʻlib qaytdi.
Tashrifdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻiga muvofiq, Qozogʻiston Respublikasi bilan oʻzaro hamkorlikda savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, deyiladi hokimlik axborot xizmati bergan xabarda.
Uchrashuvlar davomida logistika markazlari tashkil etish, turizmini rivojlantirish, zamonaviy ilgʻor texnologiyalar asosida investitsiyalar kiritish, arxitektura, yengil sanoat sohalarida hamkorlik oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.
Yakunda Qozogʻiston Respublikasining har uchala hududi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalari oʻrnatildi.
Ikrom Avvalboyev, OʻzA