O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Havo-gaz aralashmasi chaqnashidan saqlaning!

2018-11-12 | Jamiyat

Turmushda foydalanib kelinayotgan yoqilgʻi mahsulotlari ichida tabiiy gaz (metan, propan) sizib chiqishi va havo bilan aralashma hosil qilib, portlashga xavfliligi bilan ajralib turadi.

Gaz oqimining toʻsatdan (avariyaviy) uzilishi va qayta ulanishi natijasida, xona ichida gaz toʻplanishi, yonib turgan gaz anjomlarini qarovsiz qoldirish, isitish asbob-anjomlariga gazni ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, gaz quvurlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish oqibatida havo-gaz aralashmasini portlashi hamda yongʻin sodir boʻlishi mumkin.

Shuningdek, aholi tomonidan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan qoʻlbola, nostandart gaz jihozlaridan foydalanish, gaz tarmoqlariga rezina shlang orqali ulanish, nosoz holatdagi dudburonlardan hamda xonadon ichida ochiq olovdan isitish maqsadida foydalanish holatlarining uchrab turishi fuqarolarining is gazidan zaharlanishiga hamda havo-gaz aralashmasini chaqnashi natijasida jabrlanishi, hattoki halok boʻlishiga olib kelmoqda.

Turmushda gazdan foydalanishda isteʼmolchilarga quyidagilar tavsiya etilmaydi!

oʻzboshimchalik bilan uyni gazlashtirish, gaz asbobi oʻrnini almashtirish, uni almashtirish yoki taʼmirlash;

gaz asboblari oʻrnatilgan xonalar rejasini oʻzgartirish;

gaz asboblari konstruksiyasiga, dudburon va shamollatish tizimlarini oʻzgartirishlar kiritish oʻzgartirish;

shamollatish kanallarini toʻsib qoʻyish, dudburonlarni tozalash “choʻntaklari” va darchalarini berkitib tashlash;

xavfsizlik va sozlash avtomatikasini uzib qoʻyish. Gaz asboblari, avtomatikasi, armaturasi va gaz ballonlari nosozligida gazdan foydalanish;

dudburon va shamollatish kanallari oʻz vaqtida tekshirmasdan gazdan foydalanish;

maxsus maʼlumotga ega boʻlmay va gaz xoʻjaligi korxonasidan ruxsatnoma olmay turib, dudburon hamda shamollatish kanallarini tozalash, tekshirish hamda gaz-ballon qurilmasining ballonlarini almashtirish;

fortochkalar (framugalar), jalyuzali panjaralar, shamollatish kanallarining panjaralari, choʻmilish xonasi va oshxona eshiklari ostidagi tirqishlar yopiqligida, dudburon hamda shamollatish kanallarida tortish boʻlmagan hollarda gazdan foydalanish;

uzluksiz ishlashga moʻljallanmagan, tegishli avtomatikaga ega boʻlmagan gaz asboblarini qarovsiz qoldirish;

maktab yoshidagi bolalarga, shuningdek, oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydigan va gaz asboblaridan foydalanish qoidalarini bilmaydigan shaxslarga ulardan foydalanishga ruxsat berish;

gaz plitalaridan xonalarni isitish uchun foydalanish;

gaz asboblari oʻrnatilgan xonalarda uxlash va dam olish;

gaz chiqayotganligini aniqlash uchun olov yoqib tekshirish;

tabiiy gazdan foydalanishdagi turli xildagi rezina shlanglar, gaz soʻrgichlardan foydalanish;

avtomobillarga oʻrnatilgan yoki ulardan yaroqsiz deb yechib olingan texnik koʻrikdan oʻtmagan metan va propan gaz balonlardan foydalanish;

Gaz hidini sezganda zudlik bilan quyidagilarni amalga oshirish zarur:

gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmogʻidan oʻchiring;

darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;

xonada elektr jihozlarini yoqmang, yoniq boʻlsa oʻchirmang, chunki bu yongʻin yoki gaz - havo aralashmasining chaqnashiga sabab boʻlishi mumkin;

gaz chiqayotgan joyni aniqlash uchun ochiq olovdan emas, sovun koʻpigidan foydalaning;

gaz bilan bogʻliq yongʻin yoki zaharlanishlar sodir boʻlganda quyidagi shoshilinch telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilib yordam soʻrang:

1) 101 – yongʻin xavfsizligi xizmati;

2) 104 – gaz avariya dispetcherlik xizmati;

3) 103 – tez tibbiy yordam xizmati;

4) 1050 – qutqaruv xizmati.

Поделиться